Tosh chorshanba oʻgʻli (1909 Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumani Kunchiqar qishlogʻi — 1967) — dostonchi. Togʻasi va amakisi baxshi oʻtgan. Ulardan dostonchilik sirlarini oʻrgangan. Repertuarida 20 dan ortiq oʻzbek xalq dostoni boʻlib, ulardan "Alpomish", "Goʻroʻgʻlining tugʻilishi", "Avazxon", "Nurali", "Kelinoy" kabi dostonlar, koʻpgina terma, ertak, maqol, topishmoqdar yozib olingan. T. Tosh chorshanba oʻgʻli 1960-yilda jahon sharqshunoslarining Moskva kongressida ishtirok etib, "Alpomish" dostonidan parchalar kuylab bergan.