Toshkent AYQSh portlashi (2012)

2012-yilgi Toshkent AYQSh portlashi Toshkent shahrining Toshkent kichik halqa yoʻlining Yakkasaroy tumani hududidagi qismida joylashgan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shahobchasida 2012-yili 1-aprel kuni soat 10:50 da sodir boʻldi.[1] Qurbon va jarohatlanganlar yoʻq.[2] Voqea sabablarini oʻrganish uchun maxsus komissiya tuzildi.[3]

Voqea yuz bergan ilk daqiqalarda AYQSH yonidan oʻtgan koʻprik ustida favqulodda holatni kuzatayotgan odamlar va mashinalar koʻpayib ketgan. Tez orada militsiya xodimlari koʻprikni odamlar va mashinalardan tozalab, kichik xalqa yoʻlini sezilarli katta koʻlamda — Qushbegi mavzesidan Shimoliy vokzalgacha yopishgan.[1]

Yuz bergan favqullodda holat boʻyicha Yakkasaroy tuman prokuraturasi tomonidan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.[4]

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir