Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 11-yanvar kuni Samarqand viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va Xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi 3- sonli bayoni 84-bandiga asosan ikki oy muddatda Samarqand shahrida Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetining filialini tashkil qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarorini tayyorlash, bunda filialning asosiy vazifalari etib Germaniyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik oʻrnatish, raqamli iqtisodiyot, oziq ovqat va resurslar iqtisodiyoti uchun kadrlar tayyorlash, xorijiy hamkor va bazaviy oliy taʼlim muassasalaridan yuqori malakali professor-oʻqituvchilarni jalb etib, 2019/2020-oʻquv yilidan kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish belgilangan edi.[1][2]

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
(TDIU SF
SBSTUE
)
Asos solingan 2019-yil 11-yanvar
Oʻquv yurti turi Universitet
Fakultetlar 2
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Doktorantura bor
Fan doktorlari 4 ta
Professorlar 1 ta
Manzili Samarqand shahri, Professor koʻchasi, 51A Samarqand, Professorlar ko'chasi 51-uy. Oʻzbekiston
Vebsayti www.sbtsue.uz
Map,

Tarix tahrir

Qisqa muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28-may 2019-yildagi 438-son qarori bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali tashkil etildi. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialining asosiy vazifalaridan biri hisoblangan Germaniya va boshqa rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda malakali kadrlar tayyorlash maqsadida hamda hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun Germaniyaning Vayenshtefen-Triyezdorf universitetidan professor P.Mixels va I.Smetanska, Gissen universitetidan professor M.Petrik, Janubiy Koreyaning Kangvon milliy universiteti professorlar K.R.Kim, Germaniyaning Oʻtish davri iqtisodiyoti mamlakatlarida qishloq xoʻjaligini rivojlantirish Leybnis Instituti (IAMO)dan doktor N.Jonibekov va doktor Gʻ.Sanayev, Buyuk Britaniyaning Vritl universiteti kollejidan dosent X.Matyuslar kelishi rejalashtirilgan.

Umumiy maʼlumotlar tahrir

Talabalar soni jami 2629

Professor-oʻqituvchilar

  • Professor-oʻqituvchilar soni asosiy shtat boʻyicha 98 ta, ulardan:
    • 1 nafar professor
    • 4 nafar fan doktori
    • 37 nafari fan nomzodi
    • ilmiy unvoni 36,6
  • Professor- oʻqituvchilar tarkibi oʻrtacha 36,5 yosh, ulardan:
    • fan doktorlari — 68,8 yosh
    • fan nomzodlari- 40,0 yosh
  • Kunduzgi doktaranturada tahsil olayotganlar soni:
    • falsafa fanlar doktori PhD — 6 nafar
    • fan doktori Dcs — 1 nafar

Qoʻshma taʼlim dasturlari tahrir

  • Rossiyaning Bonch-Burevich nomidagi SANKT-PETERBURG telekomunikatsiyalar universiteti
  • Latviya amaliy bilimlar va texnologiyalar universiteti bilan
  • Germaniyaning Vaynashtefan — Triezdorf amaliy bilimlar universiteti

Rahbariyat tahrir

[3]

Bakalavriat yoʻnalishlari tahrir

Kunduzgi tahrir

# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60412400 Agrobiznes va investitsion faoliyat
2 60410500 Bank ishi va auditi
3 60410100 Buxgalteriya hisobi va audit(tarmoqlar boʻyicha)
4 60310100 Iqtisodiyot(tarmoqlar va soxalar boʻyicha)
5 60310100 Iqtisodiyot:oziq ovqat va resurslar iqtisodiyoti
6 60310100 Iqtisodiyot:qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti
7 60310500 Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar boʻyicha)
8 60410200 Soliqlar va soliqqa tortish(faoliyat turlari boʻyicha)
9 60410800 Statistika (tarmoqlar va soxalar boʻyicha)[4]

sirtqi tahrir

# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60410500 Bank ishi va auditi
2 60410200 Soliqlar va soliqqa tortish(faoliyat turlari boʻyicha)
3 60410100 Buxgalteriya hisobi va audit(tarmoqlar boʻyicha)
4 60310100 Iqtisodiyot(tarmoqlar va soxalar boʻyicha)
5 60410600 Sugʻurta ishi

Manbalar tahrir

  1. https://www.sbtsue.uz/uz/page/filial-haqida
  2. https://www.sbtsue.uz/uz/page/rahbariyat
  3. https://www.sbtsue.uz/uz/page/rahbariyat#
  4. {{citation}}: Empty citation (yordam)