Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi

Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi — Toshkent sh. hududida arxeologik qazishlar va kuzatuvlar olib boruvchi ilmiy xodimlar jamoasi. Akad. Ya. F. Gʻulomov tashabbusi bilan 1967-yil tuzilgan. Toshkent zilzilasi (1966) dan soʻng shaharda qurilish ishlari avj olgach, Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasie. (rahbarlari V. A. Bulatova, 1967—68, 1971—74; M. T. Aminjonova, 1969—70; M. I. Filanovich, 1974-yildan) keng koʻlamda tadqiqot ishlarini boshlab yubordi. Arxeologik tadqiqotlar bilan birga Chochdagi numizmatika, paleoantropologiya va etnogenetik jarayonlarga oid, geomorfologiya, paleozoologiya, paleotuproqshunoslik va paleoiklimga oid tadkiqotlar Toshkent atrofi rnlarida kishilik jamiyati rivojining dastlabki bosqichini oʻrganish bilan birga koʻshib olib borildi. Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasie. ning qazishlar va kuzatuvlari natijasida Toshkent sh. madaniyati yoshini aniqlash va shahar rivojining qad. boskichlarini tiklashga imkon beradigan materiallar majmui jamlandi. Toshkentdagi yodgorliklarning arxeologik stratigrafiyasini oʻrganish fanning ayrim munozarali masalalariga aniklik kiritdi, yaʼni Burganli va Qovunchi madaniyatlarining aniq davrlari aniklandi; Chochning qad. va oʻrta asrlardagi poytaxtlari, bu rnning tarixiy topografiyasi, ekonomikasi va aholining gʻoyaviy dunyoqarashlarini oʻrganishga oid faktik materiallar toʻplandi.