Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliginining 2005-yil 14-iyundagi 130-son buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali
(TATU Fargʻona filiali)
Vebsayti  https://tatuff.uz

Koordinatalari: 40°21′58.282514538657″N 71°46′24.585864114035″E / 40.36618958737184926°N 71.77349607336500981°E / 40.36618958737184926; 71.77349607336500981 G O

2022-yil 18-dekabrdan filial direktori lavozimida texnika fanlari nomzodi (PhD) Muxtarov Farrux Muhammadovich faoliyat yuritib kelmoqda.

Professor-oʻqituvchilari tarkibi tahrir

Bugungi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida 124 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Ulardan 2 nafari fan doktori (DSc), professor, 48 nafari fan nomzodi (PhD), dotsentlar bo‘lib, ilmiy salohiyat 40,3%ni tashkil qiladi.

Talabalar soni tahrir

Bugungi kunda filialda bakalavriaturaning kunduzgi ta’lim shaklida 2279 nafar, sirtqi ta’lim shaklida 1658 nafar, masofaviy ta’lim shaklida 299 nafar, magistratura mutaxassisligida 41 nafar, jami 4277 nafar talaba va magistr tahsil olmoqda.

Direktorlar tahrir

2005-2011- Teshaboev Rustam Dadajonovich

2012-2012- Polvonov Fazlitdin Yuldashevich v.b

2012-2012- Rasulov Akbarali Maxamatovich

2012-2014- Polvonov Fazlitdin Yuldashevich v.b

2014-2018- Mirzakarimov Baxtiyor Abdusalamovich

2018-2022- Rasulov Akbarali Maxamatovich

2022-yildan Muxtarov Farrux Muhammadovich

Universitetdagi taʼlim tahrir

Bugungi kunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida 3 ta fakultet, sirtqi bo‘lim va 9 ta kafedra faoliyat olib bormoqda. Universitetda taʼlim ikki tilda olib boriladi: oʻzbek, rus

Taʼlim jarayoni

Universitet zamonaviy standartlarga muvofiq ikki bosqichli taʼlim jarayonini amalga oshiradi:

  • Birinchi bosqich — bakalavrlarni tayyorlash (kunduzgi boʻlimda 4 yil);
  • Ikkinchi bosqich — tanlangan magistrlik dasturi boʻyicha magistrlarni tayyorlash (2 yil).

Bakalavriat tahrir

Kunduzgi ta’lim shakli:

Bakalavriyat taʼlim yoʻnalishlari nomi:

  • 60310500 – Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
  • 60320400 – Kutubxona – axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)
  • 60610300 – Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)
  • 60610500 – Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)
  • 60610500 – Kompyuter injiniringi (AT-servis)
  • 60610600 – Dasturiy injiniring
  • 60610700 – Sun’iy intellekt
  • 60611000 – Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”)
  • 60611300 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb taʼlimi
  • 60611400 – Pochta aloqasi texnologiyasi
  • 60612100 – Kiberxavfsizlik injiniringi
  • 60711500 – Mexatronika va robototexnika

Sirtqi ta’lim shakli:

Sirtqi taʼlim yoʻnalishlari nomi:

  • 60610300 – Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha)
  • 60610500 – Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)
  • 60610500 – Kompyuter injiniringi (AT-servis)
  • 60610600 – Dasturiy injiniring
  • 60611000 – Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”)
  • 60611400 – Pochta aloqasi texnologiyasi

Masofaviy ta’lim shakli:

Masofaviy taʼlim yoʻnalishlari nomi:

  • 60610500- Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)
  • 60610600 – Dasturiy injiniring

Magistratura tahrir

Magistratura taʼlim yoʻnalishlari nomi

  • 70610302 – Axborot xavfsizligi (yo‘nalishlar bo‘yicha)
  • 70610501 – Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyihalashtirish)
  • 70610601 – Dasturiy injiniring
  • 70611001 – Telekommunikatsiya injiniringi (Teleradioeshittirish)
  • 70611401 – Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi

Taʼlim jarayonini yuksak salohiyatli professor-oʻqituvchilar olib boradi

Fakultet va kafedralar tahrir

Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta`limi fakulteti

Kompyuter injiniringi

Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot fakulteti

Axborot-resurs markazi tahrir

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Axborot-resurs markazi 2005 yilda tashkil etilgan. Filialining  Axborot – resurs markazi 115 ta o’rindan iborat. Axborot-resurs markazi zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan. 38 ta zamonaviy kompyuterlar bo’lib barchasi internet tarmog’iga lokal tarmoq va Wi-Fi qurilmalari yordamida ulangan. Kitobxonlar kompyuter texnikasidan erkin foydalanishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan, 1 ta rangli printer, 2 ta oddiy printer va 2 ta tezkor skaner mavjud.

Axborot resurs markazi fondi: Axborot-Resurs Markazining umumiy kitob fondi nomda: 4001 ta, nusxada: 13031 tani tashkil etadi. Shundan: o‘quv adabiyotlari – 2458 nomda 9945 nusxa, ilmiy adabiyotlar – 123 nomda 610 nusxa, badiiy adabiyotlar – 886 nomda 1387 nusxa, boshqa adabiyotlar –  544 nomda 1089 nusxada mavjud.

Hozirgi kunda ARM yagona kitobxonlik guvohnomasi bilan Axborot resurs-markaziga a‘zo bo‘lgan professor-oqituvchilar 109 ta, talabalar 790 nafarni tashkil etadi.

Axborot-resurs markazidan masofadan turib foydalanish uchun telegram messengeri orqali https://t.me/libfbtuituz_bot havolasi orqali TATUFF elektron kutubxona boti ishga tushirilgan. Elektron kutubxona bo‘yicha https://lib.fbtuit.uz havolasi orqali o‘z veb sayti yo‘lga qo‘yilgan va elektron adabiyotlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Hozirda ARM elektron adabiyotlar bazasi 2100 dan ortiq adabiyotlarlar bilan ta‘minlangan hamda ushbu yilda ARM fondidagi adabiyotlarni 100% elektron fondda shakllantirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Talabalarning mustaqil ishlarida ko‘makdosh sifatida mahalliy hamda xorijiy ilmiy bazalar bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yildi.

Mahalliy ARM va kutubxonalardan: Tayanch oliygoh TATU, Viloyat kutubxonasi hamda FarDU elektron kutubxonalaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Xorijiy hamkorliklardan: EBSCO ilmiy-ta‘limiy ma‘lumotlar bazasidan. Bosh qarorgohi Massachuses shtatining Ipsvich shahrida joylashgan EBSCO Informatsion Services EBSCO Industries Inc.ning bo‘linmasi bo‘lib, shtab-kvartirasi Alabama shtati Birmingem shahrida joylashgan. EBSCO butun dunyo bo‘ylab turli xil kutubxonalarga xizmatlarni taqdim etadi.

Xalqaro hamkorlik tahrir

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Xalqaro aloqalar bo’limining asosiy maqsadi universitetda xalqaro hamkorlik uchun koʻp tilli va koʻp madaniyatli muhitni yaratish, xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish orqali universitetni xalqaro taʼlim makoniga integratsiya qilishdan iborat. Axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish va uni yetakchi mamlakatlar qatoriga qo‘shish maqsadida bir qator xorijiy mamlakatlarning universitetlari bilan o‘zaro hamkorlik qilib kelinmoqda. Jumladan, Bangladesh, Belorussiya, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, va Ozarbayjon davlatlarining oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik shartnoma va memorandumlar imzolangan. Shuningdek, mahalliy OTMlar bilan memorandumlar imzolanib, o‘quv jarayonlarida o‘zaro ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik ishlar olib borilmoqda. Mazkur xujjatlar doirasida do‘stona va samarali hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Universitet talabalariga zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ta’lim bilan birlashtiradigan ilmiy markazlar tashkil etilgan. Filialda Janubiy Koreyaning Milliy axborot agentligi jamiyati (NIA) tashkiloti bilan hamkorlikda “Axborot almashinuv markazi” faoliyat yuritmoqda. O‘quv jarayoni mobaynida xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislar ta’lim jarayoniga jalb qilinmoqda.