Toshkent birinchi tibbiyot instituti
Toshkent birinchi tibbiyot instituti — umumiy amaliyot shifokori va stomatologiya yoʻnalishi boʻyicha tayanch oliy oʻquv yurti. 1920-yil Turkiston universiteti negizida tashkil topgan. 1931-yil Oʻrta Osiyo universitetining tibbiyot fakulteti Oʻrta Osiyo tibbiyot institutiga aylantirildi. 1935-yildan Toshkent davlat tibbiyot instituti deb ataladi. 1990-yilda Toshkent tibbiyot instituti 1 va 2tibbiyot institutlariga boʻlindi. Dastlab unda davolash, sanitariyagigiyena, pediatriya va stomatologiya ftlari boʻlgan. Hozirgi institut asosida Toshkent farmatsevtika institutoʻ, Samarqand tibbiyot institutoʻ, Andijon tibbiyot instituti, Toshkent ikkinchi tibbiyot instituti hamda respublikaning qator ilmiy tadqiqotlar institutlari tashkil topdi. 1972-yil pediatriya fakulteti mustaqil Toshkent (dastlab Oʻrta Osiyo) tibbiyot pediatriya institutiga aylantirildi. 1992-yilda institutning Urganch filiali tashkil etildi, unda davolash va pediatriya ftlari bor.
Institutda 4 oʻquv fakulteti (davolash, stomatologiya, tibbiy pedagogika, oliy maʼlumotli hamshira), 60 kafedra, aspirantura, markaziy ilmiy tadqiqotlar va markaziy klinik laboratoriya, klinika (1200 oʻrinli), ilmiytibbiy axborot boʻlimi, muzey, akademik litsey, kutubxona (600 mingdan ortiq asar), bosmaxona bor. 3250 dan ziyod talaba, shuningdek, magistratura yoʻnalishida 34 tor mutaxassislik boʻyicha 300 dan ziyod rezident taʼlim oladi (2004). Institutda oʻqiyotgan xorijiy talabalar (jumladan, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi) uchun barcha imkoniyatlar (xorijiy adabiyotlar kutubxonasi, xorij kutubxonasi bilan elektron pochta aloqasi) mavjud. Institut Toshkent shahridagi yirik kasalxonalar xamda tibbiyot ilmiy tadqiqotlar institutlarida qoʻshimcha klinik bazalarga ega.
Institutda 450 dan ortiq oʻqituvchi, shulardan 7 Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi va xalqaro akademiyalar akademik (N.M. Majidov, Q.J. Mirazizov, T. O. Daminov va boshqalar), 100 dan ortiq fan doktori va professor, 210 fan nomzodi va dotsentlar faoliyat koʻrsatadi. Institut doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoyasini qabul qilish huquqiga ega. Institut ilmiy toʻplam va uslubiy qoʻllanmalar nashr etadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |