Toshkent borovinkasi
Toshkent borovinkasi - yozgi olma navi. Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot intida qadimgi rus Xarlamov borovinkasi navi klonidan chiqarilgan (P.P. Shreder, A. R. Shreder, A. G. Shreder). Daraxti kuchli usadi (bal. 7 m gacha), bir oz tarvaqaylagan, shoxlari oʻrtacha quyuq, novdalari qoʻngʻir. Samarqand olmasi, Simirenko, Golden Delishes kabi navlardan yaxshi changlanadi. Mevasi iyul oxirida pishadi, yirik (140—200 g), poʻsti koʻkish, och sariq, pushti, kizil taramlari bor, eti oq, xushboʻy, nordonshirin. Koʻchati ekilgandan keyin 4—5yili hosilga kiradi. 6— 7yili toʻla hosil bera boshlaydi. 20 yoshida tupidan 500 kg gacha hosil olinadi. 1959-yildan Oʻzbekistonning barcha viloyatlari uchun rnlashtirilgan (yana qarang Olma).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |