Toshkent bozorlari
Toshkent qadimdan savdo va sotiq bilan shugʻullanadigan markaz sifatida tanilgan. Tarixiy manbalar shuni koʻrsatadiki qadimda Shosh shahrida ham katta-katta bozorlar rivojlangan. Shaharning Buyuk ipak yoʻli ustida joylashgani uchun ham oʻtmishda chet mamlakatlar bilan karvonlar orqali savdo ishlari olib borilgan. Samarqanddan, Buxorodan, Xitoy mamlakatidan turli xil mahsulotlar olib kelingan. Hozirda Toshkent shahrida 10 dan oshiq bozorlar mavjud. Dehqon bozorlari va buyum bozorlari sifatida ish olib borishadi. Toshkent shahrida tarixiy bozorlar juda ham koʻp hisoblanadi masalan :Chorsu bozori ,Eski-juva bozori 4-5 asrli tarixga ega. Yangi zamonaviyuslubda qurilayotgan bozorlar ham koʻp miqdorni tashkil etadi misol qilib olsak Abu Saxiy Savdo markazi, Chilonzor buyum bozori kabilarni olishimiz munkin[1].
Bozorlar
tahrir- Chorsu buyum bozori
Chorsu buyum bozori Toshkent shahrining Shayxontohur tumanani Chorsu daxasi, Zarqaynar koʻchasida joylashgan. Bu bozorni atalishi Toshkent shahrining Beshyogʻch mavzesidagi eski maxallani nomi hisoblangan va u mahalla koʻrinishini oʻn birinchi asrda olgan qadimiy maxalla hisoblanadi. Bu mahalla joylashuvi jihatidan markazda yani toʻrt koʻchaning kesishish nuqtasida joylashgani uchun ham bu yerda bozor vujudga kelishi oson boʻlgan. Dastlab kosiblar ustaxonalari va kichik doʻkondorlarning rastalari paydo boʻlgan keyinchalik esa bu bozor kengayib qadimiy Registon bozori bilan qoʻshilib ketgan. Malumutlarda keltirilishicha tort tomonli yani " chor „ soʻzidan bozorning nomi kelib chiqgan.Arab tilidan tarjima qilinishicha toʻrt tomonli bozor manosini beradi, yani suq ning tarjimasi bozor manosida keladi. Keyinchalik xalq tilida chorsu degan nom olgan.[2]
- Eski-juva dehqon bozori
Bu bozor Toshkent shahrining Shayxontohur tunmanida joylashgan va yuridik nomi Eski-juva dehqon bozori aj“ hisoblanadi. Bu bozor nomi Sebzor daxasining eski mahallasini nomidan olingan. Qadimda mahsidoʻzlar maskani hisoblangan bu mahallada ularning koʻplab doʻkonlari va rastalari joylashgan, shu tufayli bu yer doim gayjum boʻlgan. Bozor sekin asta kengayib borib haqiqiy katta savdo markaziga aylangan va nomi esa „Eski-juva“ bilan atala boshlagan. Maxallaning nomini kelib chiqishi „juvaxona“ nomidan yani qurol-yaroq saqlanadigan joy mansini bergan, bozorning nomi ham shu manodan oligan. Boshqa manbalarda bozor nomining manosi „baland bozor“ degan manoni anglatishi keltiriladi (V.A. Bulatova).Hozirgi kunda bozor zamonaviy koʻrinish olgan, savdogarlar uchun qulay bozorga aylangan[3].
- Aviasozlar dehqon bozori
Aviasozlar dehqon bozori uncha katta tarixga ega emas, lekin u Toshkent shahridagi eng qulay shart sharoitga ega boʻlgan bozorlardan biri hisoblanadi. Uning rasmiy nomi Aviasozla dehqon bozori aj nomi bilan yuritiladi. Bozor Toshkent shahrining Yashnobot tumani Aviasozlar mavzesida joylashgan. Bozorning shu nom bilan atalishi shu tumanda joylashgan aviasozlik kompaniyasi bilan bogʻliqdir. Sobiq Toshkent aviasozlar zavodi yonida joylashgani sababli bu bozorni ham shu nom bilan atalgan. 2015-yilgi soʻrovnomaga koʻra Aviasozlar dehqon bozori Toshkent shahridagi eng namunali bozor sifatida topilgan, bozor hudidida joylashgan sobiq "Hamza " savdo majmuasi buzilib uning oʻrniga yangi zamonaviy savdo markazi qurilmoqda (2015)[4].
- Oloy Bozori
Toshkent shahri Amir Temur koʻchasida joylashgan Oloy bozori oldin kichik bir savdo shoxobchasi maqomida boʻlgan, uncha katta boʻlmagan bozor hisoblangan. 1928-yil uning nomi rasmiy ravishda Oloy bozori nomiga oʻzgartirilgan, manbalarga koʻra XIX asrning toʻrtinchi choragida bu bozorning nomi "Oloy malikasi " nomi bilan yuritilgan. Bozor hozirgi kunda aholi uchun kerakli hamma narsa bilan toʻldirilgan, asosan kiyim kechak va har hil buyumlar bilan savdo qiladigan savdogarlar bu yerda oʻz tadbirkorlik ishlarini amalga oshiriladilar.[5]
- Chilonzor buyum savdo kompleksi
Chilonzor buyun bozori Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan eng gavjum bozorlardan biri hisoblanadi. U yangi va zamonaviy doʻkonlar tarmogʻidan iborat, bozor kattaligi jihatidan ham ancha joyni egallaydi uning umumiy maydini 20 gektardan ortiq hisoblanadi. Oʻzbekistonning turli viloyatlaridan ham savdo qilish uchun xaridorlar keladi chunki bu savdo kompleksida buyumlar ulgurji narhda sotiladi. Katta tadbirkorlar horijdan olib keladigan mahsulotlarini shu bozorda sotishadi. Zamonaviy qurilmalar bilan jixozlangan har bir doʻkonga havfsizlik tizimi oʻrnatilgan, ular savdogarlar va xaridorlar oʻrtasidagi munosabatlarni yanada yaxshiroq saqlashga hizmat qiladi.[6]
Manbalar
tahrir- ↑ xix-asr-oxiri-xx-asr-boshlarida-toshkent-bozorlari/
- ↑ „ozbekistondagi-bozorlar-haqida-ochiq-malumotlar-elon-qilindi/“. 29-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-mart 2016-yil.
- ↑ xtimizning-eng-namunali-bozorlari
- ↑ markets, 13-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 31-mart 2016-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Toshkent
- ↑ library/libid/20200/fv/uzb/fs/cdate/ds/asc/offset/60, 14-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 31-mart 2016-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format ()
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |