Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali — Toshkent kimyo-texnologiya institutining Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida joylashgan filiali.
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali (TKTIYF) | |
---|---|
Asos solingan | 2019 |
Oʻquv yurti turi | institut |
Sohasi | kimyo-texnologiya |
Rektori | Olimov Tolmas Farxodovich |
Fakultetlar | 1 |
Manzili | Yangiyer, Oʻzbekiston |
Vebsayti | http://tktiyf.uz |
TarixiTahrirlash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 573-sonli qaroriga asosan Yangiyer qurilishi va kommunal xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘rnida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali tashkil etildi. Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filialini tashkil etishdan asosiy maqsad Yangiyer shahar hududidan qurilishi rejalashtirilgan ammiak va karbamid ishlab chiqaruvchi katta zavod uchun mutaxassislar tayyorlashdan iborat. Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali 2019-2020 o'quv yili uchun 4 ta ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha 175 ta kvota ajratilgan bo‘lib, 843 nafar abiturientlar tomonidan hujjatlar topshirishdi.[1]