Toshkent operetta teatri
Toshkent operetta teatri, Toshkent davlat musiqali komediya (operetta) teatri — Oʻzbekistonda yagona operetta teatri. Dastlab Samarqandda ochilgan (1938); 1940-yil Toshkentga koʻchib, 1948-yilgacha faoliyat koʻrsatgan. 1973-yil qayta tashkil etilib, A. Ginzburg sahnalashtirgan "Quvnoq urush" (I. Shtraus) spektakli bilan ochilgan. Dastlab teatrda N. Pasikova bosh baletmeyster, V. Spektr bosh dirijyor boʻlib ishlagan. Toshkent operetta teatrit. repertuaridan dastlab "Chanita boʻsasi", "Tbilisi osmoni ostida", "Monmartr binafshasi", "Silva", "Sirk malikasi", "Goʻzallik tanlovi", "Donna Lyutsiya" kabi zamonaviy va mumtoz operettalar oʻrin olgan.
80-yillar teatrning ijodiy yuksalish davri boʻldi. Teatrni Rossiyada xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi K. Vasilyev (bosh rejissyor), B. Rasulov (bosh dirijyor)lar boshqargan, artistlar L. Bessarabova, Yu. Letov, I. Shalomayev va boshqa faoliyat koʻrsatgan. Ular mumtoz ("Maritsa", "Mister Iks", "Loʻli premyer", "Bayadera", "Koʻrshapalak", "Loʻli baron", "Vals qiroli", "Quvnoq beva", "Fraskita" va boshqalar) hamda zamonaviy ("Malinovkada toʻy", "Ayollar isyoni", "Shirin meva", "Sevastopol valsi", "Gusar uylanishi" va boshqalar) operettalar bilan teatr repertuarini boyitishgan. 1981-yilda teatrda birinchi oʻzbek operettasi ("Quvnoq gunohkor", K. Vasilyev, E. Solihov) sahnalashtiriddi. 1990-yillarda Toshkent operetta teatrit. jamoasiga yosh isteʼdodli aktyor va rej.lar qoʻshildi (rej.lar M. Xachaturov, A.Kudryavsev, artistlar I. Buxaidze, N. Lapkova, K. Mitrofanov, B. Miskin, K. Izmaylov, S. Ortiqov va boshqalar). Oʻzbek kompozitorlarining teatr bilan ijodiy hamkorligi kuchaydi (A. Ergashevning "Nakalok,", E. Solihovning "Tentak qiz" myuzikli, E. Qalandarovning "Temir xotin", A. Ikromovning "Bevalar ovunchogʻi" va boshqalar). Bu davrda "Mening sohibjamol malikam" (F. Lou asari, rejissyor A. Kaziner), "Gollandiyalik qiz" (I. Kalman, K. Vasilyev), "Figaroning uylanishi" (Bomarshe asari asosida, V. Motsart va J. Rossini musikasi, rejissyor V. Volodchenko) kabi spektakllar sahnalashtirildi. "Goʻzal Yelena", B. Zokirov xotirasiga bagʻishlangan "Arabcha tango" (rej. M. Xachaturov), "Xonuma", "Kunlardan bir kun NyuYorkda" (I. Berlin) singari spektakllar soʻnggi yillar mahsulidir. Hozirda teatrning bosh dirijyori — B. Rasulov, bosh baletmeyster — Oʻzbekistonda xizmat kursatgan artist F. Isayeva, bosh rassom — A. Batikov. Oʻzbekistonda xizmat kursatgan artistlar D. Minyayeva, 3. Solovey, F. Maksudov va boshqa teatrning yetakchi aktyorlaridir. Teatr jamoasi Rossiya, Ukraina, Boltiqboʻyi, Oʻrta Osiyo mamlakatlarida gastrolda bulgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |