Toshkent teplovoz taʼmirlash zavodi
Toshkent teplovoz taʼmirlash zavodi 1900-yilda Asosiy temir yoʻl ustaxonalari sifatida tashkil etilgan.
Zavod tarixi
tahrirTemiryoʻlchilarning qurollangan otryadlari 1917-yil oktabrda Toshkentda Sovet hokimiyatining oʻrnatilishida, shuningdek, 1919-yil yanvaridagi antisovet „Osipov qoʻzgʻoloni“ni bostirishda hal qiluvchi rol oʻynagan.
1918-yilda temir yoʻl ustaxonalari Krasvostochniy deb oʻzgartirilgan va 1930-yildan ular ular Krasnovostochniy parovoz vagonlarini taʼmirlash zavodi deb oʻzgartirilgan.
1934-yilda zavodda poʻlat quyish tsexi, 1935-yildan lokomotiv taʼmirlash tsexi ishga tushirilgan. N, O, B, Sh, E seriyali parovozlarni taʼmirlangan.
Ulugʻ Vatan urushi davrida Dnepropetrovsk teplovoz taʼmirlash zavodi hududiga evakuatsiya qilingan. Zavodda zirhli poezdlar qurilgan, snaryadlar, aviabombalar va minomyot qismlari ishlab chiqarilgan.
1959-yildan boshlab zavod teplovozlarni taʼmirlashni boshlagan. 1977-yildan Toshkent teplovoz taʼmirlash zavodi deb yuritiladi. Zavod ChME2 seriyali teplovozlarni taʼmirlashga ixtisoslashgan.
1992-yil boshiga kelib, dizel dvigatellari taʼmirlandi, quyma temir tormoz kolodkalari va ehtiyot qismlar ishlab chiqarila boshlandi.
Havolalar
tahrir- Temir yoʻl transporti ensiklopediyasi. — Moskva, 1995-yil