Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali


TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TERMIZ FILIALI – Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qarashli boʻlgan tibbiyot oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanib, nafaqat Respublika miqyosiga, balki O'rta Osiyo hududiga eng malakali, chuqur bilimga ega shifokorlarni yetishtirib beruvchi oliy bilim maskani hisoblanadi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali
(TTA TF)

O'zbekiston Respublikasidagi eng nufuzli oliy tibbiy ta'lim muassasalaridan biri
Asl nomi Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali
Xalqaro nomi Termiz Branch of Tashkent Medical Academy
Asos solingan 2018-yil 5 mart
Oʻquv yurti turi akademiya
Yoʻnalish tibbiyot
Rektori Otamuradov F.A.
Talabalari 2500
Fakultetlar 1 - ta
Bakalavriat 3 - ta
Magistratura 59 - ta
Fan doktorlari 1 ta
Professorlar 15 ta
Manzili Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, I. Karimov ko'chasi 64 - uy

Tarixi tahrir

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018-yil 19-20-yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifida bergan topshirigʻiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-martdagi 172-sonli Qarori[1] asosida tashkil etilgan. Filial oʻquv binolari 1 ta hududda joylashgan boʻlib, bundan tashqari Termiz shahri va unga yaqin boʻlgan hududda joylashgan 30 ga yaqin davlat va nodavlat davolash-profilaktika muassasalarida klinik kafedralari joylashgan. Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz fililai malakali tibbiyot mutaxasislarini tayyorlash bilan shugʻullanadi.

Taʼlim muassasasi haqida tahrir

Oʻqitish tizimi ikki smenada talabalari sigʻimi toʻliq qamrab olingan. Filial hududida joylashgan 2 ta oʻquv binolar quvvati 950 oʻrinni tashkil qiladi. Filialda 1 ta fakultet hamda 15 ta kafedra faoliyat koʻrsatadi, ulardan 9 tasi klinik (mutaxassislik) kafedralari hisoblanadi. 2021-2022 oʻquv yilida filialning 3 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va 8 ta klinik ordinatura mutaxassisliklarida 2462 nafar talaba tahsil olmoqda.

 
Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filiali

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida 2403 nafar talaba kunduzgi taʼlim shaklida, klinik ordinatura mutaxassisliklarida – 59 nafarni tashkil etadi. Shuningdek, 2021-2022-yil oʻquv yiliadan boshlab Rossiya Federatsiyasining Privoljsk ilmiy tadqiqot tibbiyot Filiali bilan „3+3“ shaklida qoʻshma taʼlim dasturi tashkil etildi. Bugungi kunda ushbu qoʻshma taʼlim dasturi asosida 31 nafar talaba tahsil olmoqda. shma taʼlim dasturi asosida 31 nafar talaba tahsil olmoqda.

Oʻquv jarayonini tashkil etilishi tahrir

 
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali

Filialda asosiy shtatda 124 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat olib boradi. Ulardan 16 nafari ilmiy darajali professor-oʻqituvchilardir. Shundan,1 nafari fan doktori, 15 nafari fan nomzodi, dotsentlar, falsafa doktori (PhD). Hozirgi kunda filialda ilmiy salohiyat 12.0%ni tashkil qilmoqda. 2021-2022 oʻquv yilida oʻquv jarayonini Davlat ta’lim standartlarida koʻrsatilgan talablar asosida olib borish maqsadida fundamental fanlar oʻquv laboratoriyalari (jumladan, tibbiy kimyo, biokimyo, gistologiya, fiziologiya, mikrobiologiya) tashkil etilgan. Axborot resurs markazi (ARM)da bepul internet xizmati yoʻlga qoʻyilgan.[2] {{Taʼlim muassasasi Shuningdek, videokonferensiya qurilmalari mavjud boʻlib, oʻquv jarayonlarida samarali foydalanilmoqda.

Zamonaviy axborot texnologiyasi va yangi pedogogik texnologiyalarini oʻquv jarayoniga tatbiq etish uchun 22 ta elektron doska, 6 ta videoproektor oʻrnatilgan. Oʻquv jarayoniga 172 dona kompyuter, dekanat, kafedralar hamda boʻlimlarda 52 ta kompyuterlar foydalanilmoqda. Filialda 246 dona kompyuter korporativ tarmoq hamda Internet tarmogʻiga ulangan. Hozirda Filialda internet tezligi 600 Mb/sec tashkil qilmoqda.

800 oʻrinli oʻquv binosida 55 ta auditoriya maxsus audio va video qurilmalar bilan jihozlangan. Filial Axborot-resurs markazida umumiy adabiyotlar fondi 909 nomdagi 15 581 ta, 2021-yilda: darsliklar – 314 nomda 9458 ta; Oʻquv qoʻllanmalar – 203 nomda 4555 ta; siyosiy adabiyotlar – 112 nomda 400 ta; monografiyalar – 51 nomda 524 ta; badiiy adabiyotlar – 189 nomda 387 ta xarid qilindi. Barcha adabiyotlarning elektron nusxalari shakllantirildi. Fililal ARM oʻquv zallari 205 oʻrinli boʻlib, qamrov oʻrtacha 15 %ni tashkil qiladi.

ARMda 2 smenada (1-smena 09.00 dan 17.00 gacha, 2-smena 17.00 dan 21.00 gacha) faoliyat koʻrsatishi yoʻlga qoʻyilgan. Talabalar uchun zaruriy asosiy oʻquv adabiyotlari QR kodli kitob javoni ishga tushirilgan. Hozirda oʻquv reja boʻyicha barcha adabiyotlarni ushbu shaklga keltirish ishlari davom etmoqda. Bundan tashqari oʻquv adabiyotlardan foydalanish uchun library.ttatf.uz portali ham ishga tushirildi.

Bugungi kunda Toshkent tibbiyot akademiyasi termiz filialida nafaqat O'zbekistonlik talabalar balki xorijlik talablar ham bemalol tahsil olishlari uchun sharoitlar yaratilgan.

Rahbariyat tahrir

Filial direktori: tibbiyot fanlari nomzodi, Otamurodov Furqat Abdukarimovich Telefon raqami: +998 (76) 223 47 20 Faks: director@ttatf.uz

O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari: tibbiyot fanlari nomzodi: Gulyamov Yorqin Bahodirovich Telefon raqami: +998 (97) 330 97 19 Faks: drgulyamov73@gmail.com

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha direktor o'rinbosari: tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori: Achilov Dilshod Dilmurodovich Telefon raqami: +998 (97) 784 04 03 Faks: achilov8819@gmail.com

Davolash ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari: tibbiyot fanlari nomzodi: Fayziyeva O'g'ilbibi Ro'zibadalovna Telefon raqami: +998 (94) 647 25 38 Faks: o'g'ilbibi@ttatf.uz

Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari: tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori: Rahmonov Abduqaxxor Abdusattorovich Telefon raqami: +998 (99) 447 07 03 Faks: rahmonov@gmail.com

Qabul jarayonlari tahrir

2023—2024-o'quv yili uchun yangi talabalarga umumiy hisobda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida jami 600 ta kvota ajratilgan. 2023—2024-yilgi o'quv yiliga 5 ta yo'nalish bo'yicha talabalar qabul qilinadi. Xususan:

- Davolash ishi fakultetiga 390 nafar talaba qabul qilinadi

- Pediatriya ishi fakultetiga 100 nafar talaba qabul qilinadi

- Stomotologiya fakultetiga 40 nafar talaba qabul qilinadi

- Tibbiy profilaktika ishi fakultetiga 40 nafar talaba qabul qilinadi

- Xalq tabobati fakultetiga 30 nafar talaba qabul qilinadi

2023—2024-yilgi o'quv yilidan boshlab Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumlarini muvaffaqiyatli tamomlagan o'quvchilarni og'zaki suhbat asosoida tibbiyot oliygohining to'g'ridan to'g'ri 2-bosqichiga qabul qilish boshlandi. Suhbatda ishtirok etish uchun 242 nafar talabgor ariza topshirgan[3].

Fakultetlar tahrir

Filialda Davolash ishi fakultetida 5 ta yoʻnalish, 15 ta kafedra faoliyat olib boradi.

Fakultetda:

Davolash ishi yoʻnalishi: Umumiy amaliyot shifokori ixtisosligi boʻyicha talabalarga bilim beriladi. Oʻqish muddati: 6-yi

Pediatriya ishi yoʻnalishi: Pediatr – umumiy amaliyot shifokor ixtisosligi boʻyicha talabalarga bilim beriladi. Oʻqish muddati: 6-yil[4]

Xalq tabobati yoʻnalishi: Xalq tabobati mutaxassisi ixtisosligi boʻyicha talabalarga bilim beriladi. Oʻqish muddati: 4-yil

Tibbiy profilaktika yoʻnalishi: Shifokor gigienist-epidemiolog mutaxassislarini tayyorlaydi.

Stomotologiya yoʻnalishi: Tish jarrohlari – stomotologlar tayyorlash bilan shugʻullanadi

Xalq tabobati yoʻnalishi: Kasallikni zamonaviy tibbiyot usullari bilan emas aksincha tabiiy yoʻllar bilan davolash usullarini oʻrgatadi

Manbalar tahrir

  1. „Vazilar Mahkamasini qarorlari“. www.lex.uz. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (6-mart). Qaraldi: 29-iyul 2022-yil.
  2. „TTA Termiz filiali haqida“. www.ttatf.uz. TTA Termiz filiali. Qaraldi: 29-iyul 2022-yil.
  3. „https://ttatf.uz/abu-ali-ibn-sino-nomidagi-jamoat-salomatligi-texnikumlari-bitiruvchilari/“.
  4. „Oliygoh haqida“. www.ssv.uz. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi. 2022-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-iyul.