Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali — 11-mart 1992-yil tashkil qilingan boʻlib, malakali tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash bilan shugʻullanuvchi yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining taʼlim sifati sohasidagi ustuvor maqsadi — taʼlimning ichki va tashqi bozorlarida ilmiy, innovatsion faoliyatning yuqori raqobatbardoshligini taʼminlashdir. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali taʼlim siyosatining ustuvor vazifasi — sifatli taʼlim berishning asosini yuqori malakali professor-oʻqituvchilar tarkibi, sogʻliqni saqlash sohasida mahalliy va xalqaro mehnat bozorlarida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish jarayonining uzluksizligini taʼminlashda sohaviy ilmiy va innovatsion loyihalarni, yuqori texnologiyali ilmiy intensiv tibbiy yordamni amalga oshirish, sogʻliqni saqlash tizimi ehtiyojlari uchun yangi diagnostika va davolash texnologiyalarini ishlab chiqish; shaxs, jamiyat va davlat ehtiyojlarini qondirish uchun taʼlim va fan sohasidagi yangiliklarning samarali tatbiq etilishini taʼminlashdir.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali
Fayl:TTA Urganch filiali asosiy oʻquv binosi.jpg
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali asosiy oʻquv binosi

TTA Urganch filiali
Xalqaro nomi
Urgench branch of Tashkent Medical Academy
Asos solingan sanasi 11-mart 1992-yil
Rektori t.f.d., professor RUZIBAEV RASHID YUSUPOVICH
Fakultetlar 5
Talabalari ~5748
Bakalavriat 5748
Magistratura 68
Manzili
Urganch shahri Al-Xorazmiy koʻchasi 28-uy
Veb-sayti https://www.urgfiltma.uz/
TTA Urganch filiali rasmiy ramzi

Filial tarixi[1]

tahrir

11 Mart 1992

  • Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 11-martdagi 125-son qarori[2] va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 1992- yil 20-martdagi 171-sonli buyrugʻiga asosan Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutining Urganch filialini Xorazm viloyati Oʻrta malakali tibbiyot xodimlari malakasini oshirish bilim yurti bazasida tashkil etildi.

31 May 1995

  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 31-mayda imzolagan Farmoni va Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-iyundagi qaroriga asosan filial Urganch Davlat universiteti tarkibiga qoʻshib yuborildi.

3 Iyun 1998

  • Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot instituti Urganch filiali 1998-yil 3-iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 239-sonli qaroriga[3] asosan tashkil topgan.

19 Iyul 2005

  • Toshkent tibbiyot akademiyasi (va uning Urganch filiali) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyuldagi 178-sonli qarori bilan qayta tashkil etilgan.

Rahbariyat tarkibi.

tahrir

Direktor: Ruzibayev Rashid Yusupovich

O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari: Ollaberganov Mardon Ismailovich

Talabalar orasida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashga mas'ul bo‘lgan direktor maslahatchisi: Fozilov Farrux Oblokulovich

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha direktor o'rinbosari: Karimov Rasulbek Xasanovich

Xalqaro Hamkorlik bo'yicha direktor o'rinbosari: Batirov Davronbek Yusupovich

Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari: Yusupov Izzat Sultonovich

Ishlar boshqarmasi boshlig'i: Sapayev Azamat Rustamovich

Professor-oʻqituvchilar tarkibi

tahrir

Jami 520,Asosiy shtatda — 419 nafar professor-oʻqituvchilar.

  • 73 nafar tashqi o'rindosh
  • 21 nafar ichki o'rindosh
  • 7 nafar soatbaylar
  • 19 nafar fan doktorlari;
  • 45 nafar dotsentlar;
  • 132 nafar fan nomzodlari;
  • 95 nafar PhD;
  • 56 katta oʻqituvchilar;

Talabalar kontingenti

tahrir
  • Bakalavriat — 5748 ga yaqin, shundan 1161 ga yaqini xorijiy talabalar.
  • Magistratura — 68 nafar
  • Klinik ordinatura — 179 nafar

Talabalar hayoti va yutuqlari

tahrir

Talabalar hayoti va yutuqlari

Filial tuzilmasi[4]

tahrir

TTA Urganch filiali fakultetlari va kafedralari tuzilmasi

Davolash fakultetiga qarashli kafedralar

Kafedra nomi
1 Xirurgik kasalliklar va transplantalogiya kafedrasi
2 Akusherlik va ginekalogiya kafedrasi
3 Oilaviy shifokor tayyorlash kafedrasi
4 Ijtimoiy fanlar kafedrasi
5 Patomorfologiya kafedrasi
6 Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi
7 Fiziologiya va patologik fiziologiya kafedrasi

Pediatriya fakultetiga qarashli kafedralar

Kafedra nomi
1 Asab kasalliklari, tibbiyot psixologiyasi va psixoterapiya kafedrasi
2 Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi
3 Bolalar jarrohligi, anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi
4 Ichki kasalliklar kafedrasi
5 Ichki kasalliklar, reabilitalogiya va xalk tabobati kafedrasi
6 Pediatriya va neonatologiya kafedrasi
7 Pediatriya va oliy hamshiralik ishi

Tibbiy profilaktika, jamoat sog‘lig‘ini saqlashni boshqarish va xorijiy talabalar fakultetiga qarashli kafedralar

Kafedra nomi
1 Jamoat salomatligi va sog‘lqni saqlashni boshqarish kafedrasi
2 Ingliz tili kafedrasi
3 Mikrobiologiya kafedrasi
4 Umumiy gigiena kafedrasi
5 Onkologiya va nur tashxisi kafedrasi
6 Otorinoloringologiya va oftalmologiya kafedrasi
7 Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va ftiziatriya kafedrasi

Stomatologiya fakultetiga tegishli kafedralar

Kafedra nomi
1 Biofizika, jismoniy tarbiya va sport kafedrasi
2 Anatomiya kafedrasi
3 Nefrologiya, gemodializ travmatologiya va ortopediya kafedrasi
4 Stomatologiya kafedrasi
5 Umumiy jarroxlik kafedrasi
6 Xarbiy dala terapiyasi va gematologiya kafedrasi
7 O‘zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi

Qo‘shma ta'lim dasturi fakultetiga tegishli kafedralar

Kafedra nomi
1 Biokimyo va klinik biokimyo kafedrasi
2 Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi
3 Farmatsiya kafedrasi
4 Klinik anatomiya va gistologiya kafedrasi
5 Oilaviy tibbiyotda xirurgik kasalliklar kafedrasi
6 Dermatovenerologiya va endokrinologiya kafedrasi

TTA Urganch filiali fakultetlariga qarashli yo‘nalishlar tuzilmasi

Davolash fakultetiga qarashli yo‘nalishlar

Yo‘nalishlar nomi
1 Davolash ishi

Pediatriya fakultetiga qarashli yo‘nalishlar

Yo‘nalishlar nomi
1 Pediatriya ishi
2 Kasbiy ta'lim (davolash ishi) yo‘nalishi
3 Oliy hamshiralik ishi
4 Xalq tabobati ishi

Qo‘shma dastur fakultetiga qarashli yo‘nalishlar

Yo‘nalishlar nomi
1 Kazan federal universitetining Tibbiy biologiya ishi
2 Privoljsk tadqiqot tibbiyot universitetining Davolash ishi
3 Privoljsk tadqiqot tibbiyot universitetining Farmatsiya ishi
4 Privoljsk tadqiqot tibbiyot universitetining Stomatologiya ishi

Tibbiy profilaktika, jamoat sog‘lig‘ini saqlashni boshqarish va xorijiy talabalar fakultetiga qarashli yo‘nalishlar

Yo‘nalishlar nomi
1 Tibbiy profilaktika ishi
2 Barcha yo‘nalishlardagi xorijiy talabalar

Stomatologiya fakultetiga qarashli yo‘nalishlar

Yo‘nalishlar nomi
1 Stomatologiya ishi yo‘nalishi
2 Farmatsiya turlari bo‘yicha

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali mehnati va faoliyati bilan na’muna bo‘luvchi xodimlar haqida

tahrir

Abdullayev Ravshan Babajonovich, Yangibayev Zaribbay, Qurbaniyazova Ravshana Mehnat faxriysi ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.

Batirov Davronbek Yusupovich SSV ning Sog'liqni saqlash a'lochisi ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.

Masharipov Kadamboy, Yusupov Mexribon Ataxanovna SSV ning Sog'liqni saqlash a'lochisi ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.

Klichev Ibadulla Abdullayevich SSV ning Sog'liqni saqlash a'lochisi ko'krak nishoni bilan taqdirlangan va  Babajanova Umida Baxodirovna, Xodjayeva Zamira Qadirovna 1- oktabr uchun SSV ning faxriy yorlig'i bilan taqdirlangan.

Abdullayev Ibadulla Kochqarovich SSV ning Sog'liqni saqlash a'lochisi ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.

Abdalov Botir Bekberganovich, Abidova Zaynab, Avezov Muxiddin, Allaberganova Zumarat, Atajanova Feruza E, Kurbaniyazova Raushana, Olimova Dono, Ruzmatova Dilbar, Fayzullayev Baxrom, Xudayberganov Munis, Xudayberganova Anabibi K, Xudaykulova Nargiza, Yusupova Tat'yana Oliy ta'limning TTA Urganch filialining 30-yilligi uchun faxriy yorlig'i

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali mehnati va faoliyati bilan na’muna bo‘luvchi xodimlar haqida ma'lumotlar

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali xalqaro faoliyati.

tahrir

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida bir qator rejali tadbirlar amalga oshirilib, 2023-yil mobaynida quyidagi natijalarga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 11-apreldagi  Xalqaro tibbiyot forumlariga tayyorgarlik va o‘tkazish to‘g‘risidagi №72 sonli buyrug‘iga asosan o‘tkazilgan “O‘zbekiston-Hindiston tibbiyot forumi”, “O‘zbekiston-Germaniya tibbiyot forumi”, “O‘zbekiston-Rossiya tibbiyot forumi” va “O‘zbekiston-Turkiya tibbiyot forumi” tashkillashtirish, xorijiy mehmonlarni kutib olish va xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda filial ma’muriyati faol ishtirok qildi. Bu say harakatlarning natijasi o‘laroq, yil davomida 18ta xorijiy OTM va kompaniyalar bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi va xorijiy hamkorlar soni qariyb 50taga yetdi. Bular quyidqgilar:

1.       I.I.Mechnikov nomidagi Shimoliy-gʼarbiy davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)

2.       Qirgʼizston Respublikasi Jalol-Obod shaxar K.Sh. Toktomamatov nomidagi Xalqaro Universiteti (Qirgʼizston Respublikasi)

3.       Аstraxan davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)

4.       Qozon federal universiteti (Rossiya Federatsiyasi)

5.       Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)

6.       Medikabil halkaro kasalxonasi (Turkiya Respublikasi)

7.       Аnqara Medipol universiteti (Turkiya Respublikasi)

8.       Istanbul Medipol universiteti (Turkiya Respublikasi)

9.       Pyatigorsk tibbiyot va farmatsevtika instituti (Rossiya Federatsiyasi)

10.  Аstana tibbiyot universiteti (Qozogʼiston Respublikasi)

11.  Belorussiya Respublikasi nevrologiya va neyroxirurgiya ilmiy-amaliy markazi (Belorussiya Respublikasi)

12.  Istanbul universiteti (Turkiya Respublikasi)

13.  Istanbul Aydin universiteti (Turkiya Respublikasi)

14.  Istanbul Yeni Yuz Yil universiteti (Turkiya Respublikasi)

15.  Ege universiteti (Turkiya Respublikasi)

16.  Cha universiteti (Koreya Respublikasi)

17.  "Sera Sol Sti. LTD" kompaniyasi (Turkiya Respublikasi)

18.  G.N.Gabrichevskiy nomidagi Moskva epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy tadqiqot instituti (Rossiya Federatsiyasi)

19.  Samara davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)

20.  Shifa International gospitali (Pokiston Islom Respublikasi)

21.  Shifa Tameer-e-Millat universiteti (Pokiston Islom Respublikasi)

22.  Zaparojya davlat tibbiyot universiteti (Ukraina Respublikasi)

23.  Xalqaro tibbiyot universiteti (Qirgʼizston Respublikasi)

24.  I.K.Аxunbaev nomidagi Qirgʼizston davlat tibbiyot akademiyasi (Qirgʼizston Respublikasi)

25.  Qirgʼizston tibbiyot va stomatologiya instituti (Qirgʼizston Respublikasi)

26.  I.Kant nomidagi Baltik federal universiteti (Rossiya Federatsiyasi)

27.  Irkutsk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)

28.  Ariel universiteti (Isroil)

29.  Oʼsh davlat universiteti (Qirgʼizston Respublikasi)

30.  S.D. Аsfendiyarov nomidagi Qozogʼiston milliy tibbiet universiteti (Qozogʼiston Respublikasi)

31.  Xodja Аxmed Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozogʼiston Respublikasi)

32.  Brilliant Educator Overseas kompaniyasi (Hindiston Respublikasi)

33.  Amrutha Ayurvedik tibbiyot kolledji (Hindiston Respublikasi)

34.  Tecinnova International GMBH kompaniyasi (Germaniya Respublikasi)

35.  Belarus davlat tibbiyot universiteti (Belorussiya Respublikasi)

36.  Аbu Аli ibn Sino nomidagi Todjikiston davlat tibbiet universiteti (Todjikiston Ruspublikasi)

37.  Pamukkale universiteti (Turkiya Respublikasi)

38.  Dokuz Eylul universiteti (Turkiya Respublikasi)

39.  Acil Yolcu kompaniyasi (Turkiya Respublikasi)

40.  Volgograd davlat tibbiet universiteti (Rossiya Federatsiyasi)

41.  Rossiya Xalqlar doʼstligi universiteti (Rossiya Federatsiyasi)

42.  Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi)

43.  Boshqird davlat tibbiyot universiteti (Boshqirdiston Respublikasi)

44.  Shinjon tibbiyot universiteti (Xitoy Xalq Respublikasi)

45.  Shinjon tibbiyot universiteti klinikasi (Xitoy Xalq Respublikasi)

46.  Guansi Xitoy tibbiyoti universiteti (Xitoy Xalq Respublikasi)

47.  E.V.Adamyuk nomidagi Respublika klinik oftalmologiya shifoxonasi (Tatarstan Respublikasi)

Ushbu imzolangan shartnomalar asosida 2023-yil mobaynida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 68 nafar professor o‘qituvchilari Rossiya federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Hindiston, Xitoy, Janubiy Korea, Vetnam, Turkiya, Vengriya, Buyuk Britaniya, Gretsiya va Fransiyaning nufuzli universitet va klinikalarida malaka oshirish kurslarida o‘qib, stajirovka o‘tashdi, turli forum va konferensiyalarda ishtirok qilib kelishdi.

Shuningdek yil davomida Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya, Xitoy, Buyuk Britaniya, AQSH, Isroyil, Pokiston kabi davlatlarning nufuzli OTM va klinikalaridan 39 nafar professorlar filial o‘quv jarayonlariga jalb qilindi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filialida Bugungi kunda Hindiston, Pokiston, Misr Arab Respublikasi, Afg‘oniston, Rossiya federatsiyasi, Qirg‘iziston, Turkmaniston kabi bir qator xorijiy mamlakatlardan  1185 nafar talaba tahsil olmoqda.

Hindistonning “Brilliant Overseas Educator” kompaniyasi TTA Urganch filiali xorijlik talabalri uchun yotoqxona qurish bo‘yicha 2023/2025-yillarga moljallangan 1 million dollar qiymatidagi investitsion loyiha jalb qilingan bo‘lib, bu boradagi ishlarning birinchi bosqichi boshlab yuborilgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali bilan Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti hamkorlikda “Davolash ishi”, “Faramatsiya” va “Stomatologiya” yo‘nalishida, Qozon federal universiteti bilan “Tibbiy biologiya” yo‘nalishi boyicha 3+3 formatida qo‘shma ta’lim dasturi tashkil qilingan. Shuningdek Volgograd davlat tibbiyot universiteti bilan shifokorlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik dasturi tashkil qilingan. 2024-2025 o‘quv yilidan Turkiyaning Ege universiteti bilan “Hamshiralik ishi” va Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon tibbiyot universiteti bilan “Xalq tabobati”  yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturi ochish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

TTA Urganch filiali klinikasi

tahrir

Oʻzbeksiton Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017-yil 27-28-yanvar kunlari Xorazm viloyatiga tashrifining 5-son bayonnomasi 45-punktiga muvofiq Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining eski binosi hududida Rossiya Federatsiyasining I.P.Pavlov nomidagi 1-son Sankt-Peterburg Davlat Tibbiyot Universiteti bilan hamkorlikda 145 oʻrinlik Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali klinikasini tashkil qilish maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ushbu klinikaning loyihasini va kontseptsiyasini puxta ishlab chiqib, koʻrib chiqish uchun Prezident Devoniga taqdim etish topshirigʻi berildi. Klinikaning kontseptsiyasi TTA va TTA Urganch filiali tomonidan ishlab chiqilib, 2017-yil fevral oyida Prezident Devoniga taqdim etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi „Xorazm viloyatining sogʻliqni saqlash muassasalarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PF-4949-sonli Farmoyishiga asosan Urganch shahar markaziy kasalxonasi negizida rekonstruktsiya qilinishi koʻzda tutilgan TTA Urganch filiali klinikasi binolari „Irdimzonqurilish“ xususiy korxonasi tomonidan 2017-yil 30-dekabrdagi 1-sonli Xabarnoma (Avizo) ga muvofiq 2018-yilning 29-mart kuni TTA Urganch filiali rahbariyati tomonidan qabul qilib olindi (Davlat qabul komissiyasi tomonidan 2017-yil 28-dekabrda qabul qilib olingan).

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-dekabrdagi „Xorazm viloyati sogʻliqni saqlash tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 994-sonli qarorida ham klinika faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi va shularga asosan OʻzR SSV ning 2018-yil 20-iyundagi 397-sonli buyrugʻi bilan klinika 2018-yilning 1-iyulidan boshlab oʻz faoliyatini boshlashi toʻgʻrisida aytilgan.

2018-yil 22-iyun kuni OʻzR SSV ning 155-K-sonli buyrugʻi bilan S.R.Ismoilov klinikaning bosh vrachi etib tayinlandi. Klinikada yaratilgan yangi boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida Xorazm viloyati Urganch shahri bandlikka koʻmaklashish markaziga maʼlumot berildi va 2018-yil 25-28-iyun kunlari ish soʻrab murojaat qilgan oʻrta tibbiy xodimlar uchun 28-iyun kuni OʻzR SSVning 380-buyrugʻiga asosan tanlov oʻtkazildi, oliy maʼlumotli hamshiralar suhbat asosida, vrachlar, kichik tibbiy xodimlar va xoʻjalik xodimlari esa oʻz murojaatlari asosida ishga qabul qilindilar.

Hozirgi kunda OʻzR SSV tomonidan viloyatimizga „Salomatlik-3“ loyihasi tomonidan ajratilgan 12 nomdagi hamda Viloyat SSB tomonidan 9 nomdagi tibbiy asbob-uskunalar hamda yetarli miqdordagi yumshoq jihozlar (koʻrpa-toʻshak, yostiq, choyshab va b.) vaqtincha foydalanish uchun qabul qilib olindi, shuningdek, klinikaning laboratoriyasi ham imkon darajada oʻz ish faoliyatini boshladi. Shular asosida bugungi kunda klinikaning umumiy terapiya, endokrinologiya, allergologiya, gematologiya, LOR va pediatriya boʻlimlarida bemorlar yotqizilib, davolash ishlari 2018-yil 2-iyul kunidan boshlab yuborildi.

2018-yil 10-sentabr kuni OʻzR SSV dan klinikaning pullik tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha ruxsatnomasi olindi va shu asosida bemorlarga pullik tibbiy xizmat koʻrsatish ham yoʻlga qoʻyildi.

Shuni ham taʼkidlash joizki, klinikaning xirurgiya va reanimatsiya boʻlimlari yetarli tibbiy asbob-uskunalar yoʻqligi uchun shu bugungi kungacha ham ishga tushirilmagan. Klinikani kerakli tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash boʻyicha OʻzR SSV ga bir necha bor murojaat qilindi va muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning 2018-yil 29-30-noyabr kunlari Xorazm viloyatiga qilgan tashriflaridan keyin klinikaning toʻliq oʻz faoliyatini olib borishi uchun zarur boʻlgan 1 931 535 AQSH dollari qiymatdagi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar hozirda OʻzR SSV tomonidan xarid qilinish ishlari olib borilmoqda.

TTA Urganch filiali Akademik litseyi

tahrir
 
TTA Urganch filiali Akademik litseyi

TTA Urganch filiali akademik liseyi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 1-iyuldagi 131-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash vazirining 2010-yil 2-iyuldagi 202-sonli buyrugʻiga asosan, Hazorasp tibbiyot kolleji negizida tashkil qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida“gi 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3290-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-aprel № 303-F sonli farmoyishi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 21-aprel' № 362 va Sogʻliqni saqlash vazirining 2018-yil 2-maydagi № 287-sonli buyrugʻiga asosan, Hazorasp tumanida joylashgan TTA Urganch filiali akademik liseyi 2018-2019 oʻquv yilidan (1-bosqichga oʻquvchilarni qabul qilish va ularning oʻquv jarayoni) Urganch shahar Gʻ.Gʻulom koʻchasi 2-uy manzilda joylashgan Urganch neftʼ va gaz sanoat kasb-hunar kollejida faoliyatini davom qildirmoqda.

Akademik lisey quvvati 528 oʻrinli, umumiy maydoni 13292,27 m2ni tashkil etadi. Shundan, foydali maydoni 4351,09 m2, bino maydoni 1576,48 m2dan iborat. 2020-2021 oʻquv yili davomida akademik liseyda 304 nafar oʻquvchi tahsil olib kelmoqda. Shundan 155 nafari birinchi bosqichda, 149 nafari 2-bosqichda. Akademik lisey oʻquv binosida 21 ta oʻquv xonalari: jumladan 1 ta kimyo, 1 ta fizika, 2 ta komp’yuter (informatika), 1 ta lingafon, 1 ta mul’timedia xonalari (ingliz tili), 120 ta oʻrinli sport zal mavjud.

Taʼlim muassasasida 2020/2021 oʻquv yilida Tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 304 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. 1-bosqichda 6 ta guruh (1 ta rus) va 2-bosqichda 6 ta guruhi (1 ta rus) mavjud. Ularga 22 nafar oʻqituvchilari taʼlim-tarbiya berishmoqda. Pedagoglarning barchasi oliy maʼlumotli. Shundan, 5 nafar bosh oʻqituvchi, 3 nafar yetakchi oʻqituvchi, 9 nafar katta oʻqituvchi hamda 5 nafar oliy maʼlumotli oʻqituvchi va 8 nafar oʻqituvchilar soatbay sifatida faoliyat yuritmoqda.

2020-2021 o'quv yilida Akademik litseyni 148 nafar o'quvchi bitirgan bo'lib, 109 nafari oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirgan. Akademik litseyning oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish ko'rsatkichi 73,6 % ni tashkil etmoqda.

2021 - 2022 o'quv yilida Akademik litseyni 137  nafar o'quvchi bitirgan bo'lib, 112 nafari oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirgan. Akademik litseyning oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish ko'rsatkichi 81,8 % ni tashkil etmoqda.

2022 - 2023 o'quv yilida Akademik litseyni 140  nafar o'quvchi bitirgan bo'lib, 115 nafari oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirgan. Akademik litseyning oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish ko'rsatkichi 82 % ni tashkil etmoqda.

-2023-2024 o'quv yilida 1 bosqich va 2 bosqichda jami 287 o'quvchi tahsil olmoqda.

TTA Urganch filialining mavjud jami 25 ta kafedrasi hamda akademik liseyning 2 ta fan kafedrasi oʻrtasida 2019-2020 oʻquv yili uchun hamkorlik shartnomalari tuzilgan. TTA Urganch filiali professor-oʻquvchilari akademik liseyda oʻquv-metodik faoliyatni rivojlantirish, talaba yoshlarni zamonaviy intellektual bilim salohiyatlarini oshirish borasida hamkorlikda mahorat darsini oʻtkazilib kelinmoqda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali akademik litseyi mehnati va faoliyati bilan na’muna bo‘luvchi xodimlar haqida

tahrir

Sharipova fazilat Ollaberganovna 24.09.1983 yil. Xorazm viloyati Yangirariq tumanida tug'ilgan. Toifasi bosh ukituvchi. 2023-yil O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 25-sentabrdagi 433-sonli buyrugiga asosan O'rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi" ko'krak nishoni bilan mukofotlandi.

Sherjanova Guli Raimbaevna 16.08.1977-yil Xorazm viloyati, Yangibozor tumanida tug'ilgan. Toifasi bosh o'qituvchi. Akademik litseylar o'rtasida o'tkaziladigan fan olimpiadalarida o'zining o'qitayotgan guruxlaridagi o'quvchilari kimyo fani bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkichlarni ko'rsatib kelmoqda.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir

Yana qarang

tahrir