Toshkent traktor zavodi davlat aksiyadorlik jamiyati

"TOSHKENT TRAKTOR ZAVODI" DAVLAT AKSIYADORLIK JAMIYATI — yirik sanoat korxonasi. "Oʻzqishloqxoʻjalikmashxolding" xolding kompaniyasi tarkibiga kiradi. Universal chopiq traktorlari, paxtachilik traktorlari, paxta tashish tirkamalari ishlab chiqaradi. Oʻqdori ishlab chiqaradigan zavodd sifatida 1942-yilda tashkil qilingan. 1945-yilda oziq-ovqat mashinasozligi zavodi ("Tashprodmash") ga aylantirilib, oziq-ovqat sanoati uchun uskunalar va maishiy xoʻjalik mollari ishlab chiqarilgan. 1950-yildan Paxtachilik mashinasozligi zavodi deb atalib, unda paxtaga dastlabki ishlov berish uchun mashinalar, quritishtozalash sexlari uchun uskunalar tayyorlangan. 1957-yildan paxta tashiydigan transport vositalari va GAZ51 avtomashinasi ehtiyot qismlari ishlab chiqaradigan "Tashavtomash" zavodiga aylantirilgan. 1967-yilda rekonstruksiya kilingan. 1969-yildan traktor zavodi. 1970-yildan Rossiyadagi Vladimir traktor zavodida ishlab chiqarilgan tayyor agregat va uzellardan paxtachilik uchun moslashtirilgan (paxta modifikatsiyasidagi) T28X4 traktorlari yigʻilgan, 1972-yildan zavodning oʻzida tayyorlangan uzellardan traktorlar ishlab chiqarila boshladi. 1976-yilda paxta modifikatsiyasidagi ancha quvvatli va tejamkor MTZ80X traktorini ishlab chiqarishga oʻzlashtirildi. 1995-yildan hozirgi nomdadir. 1997-yildan AQSH ning "Keys" firmasi bilan hamkorlikda traktor ishlab chiqaradigan "Oʻzbekkeystraktor" qoʻshma korxonasi tashkil etildi.

Toʻliq nomi Toshkent Traktor zavodi
Tashkil etilgan yil 1942-yil
Joylashuvi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston, Toshkent
Soha traktorlar va traktor jihozlari ishlab chiqarish

Mustaqillik yillarida zavodda keng koʻlamli savdo ishlari yoʻlga qoʻyildi. 2001-yilda Rossiya (Noginsk, Zlatoust, Qozon va boshqalar), 2002-yilda Turkiya, Qozogʻistonda savdo uylari ochildi. 2001-yildan XXR bilan hamkorlikda 30 ot kuchiga ega boʻlgan 2 modeldagi kichik traktorlar ishlab chiqarila boshlandi, uning koʻpgina detal va uzellari mahalliylashtirilgan. Korxona TTZ80 va TTZ100 rusumli uch gildirakli paxtachilik va toʻrt gʻildirakli universal chopiq traktorlari ishlab chiqaradi.