Toshkent trolleybuslari

Toshkentda trolleybus tizimi

41°18′N 69°16′E / 41.300°N 69.267°E / 41.300; 69.267

Toshkent trolleybuslari
Trolleybus tizimi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Ochilgan yili 1947-yil, 5-noyabr
Yopilgan yili 2010-yil 1-may
Yoʻnalish soni 28 (maksimum)
Trolleybus parki soni 3 (maksimum)
Trolleybus modellari Škoda 14Tr, ZiU-10, ZiU-9, ZiU-5, TBES, MTB-82
Boshqaruvchi shirkat Toshshaxartransxizmat
Veb-sayt http://www.tshtx.uz/

Toshkent trolleybuslari — Toshkentda deyarli 63 yil davomida aholiga xizmat qilgan jamoat transporti tizimi. 1947-yil 5-noyabrda tashkil etilgan va 2010-yil 1-mayda bekor qilingan[1].

Tarixi

tahrir

Birinchi trolleybus yoʻnalishi 1947-yilda ochilgan, shaharning shimoliy vokzali bilan Chorsu maydonini bogʻlagan. Deposi Taras Shevchenko koʻchasi, 28-uyda joylashgan. Ikkinchi yoʻnalish 1948-yilda ochilgan, Chorsu maydonini va Beshyogʻoch maydonini bogʻlagan. Uchinchi yoʻnalishi Beshyogʻochdan temiryoʻl vokzaligacha, toʻrtinchisi vokzaldan tekstil kombinatigacha, beshinchi yoʻnalish tekstil kombinatidan Chuqursoy dahasigacha boʻlgan. 1950-yillarda Arnasoy koʻchasi, 4-uyda 2-deposi ochilgan. 2010-yil 1-mayda harakatdan olib tashlangan[2].

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Tashkent proщaetsya s trolleybusom, 2011-06-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-12-14
  2. Tashkent proщaetsya s trolleybusom, 2011-06-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-12-14