Toshkent viloyat pedagogika instituti

Toshkent viloyat pedagogika instituti — pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1967-yil Toshkent viloyatining Angren shahrida ochilgan. Institutda 6 ft (matematika va kasbiy taʼlim, boshlangʻich taʼlim metodikasi, tarix, filologiya, xorijiy tillar, tibbiyot, geografiya), sirtqi ft va boʻlim, 29 kafedra, 17 oʻquv laboratoriya, 21 boʻlim va markaz, jumladan, oʻquv, magistratura, ichki nazorat va monitoring, marketing, maʼnaviyat va maʼrifiy ishlar, iqtidorli talabalar bilan ishlash boʻlimlari, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining institut boʻlimi, axborot texnologiyasi va masofadan oʻqitish markazi, kutubxona (85 mingdan ortiqasar) mavjud. Institutda 18 taʼlim yoʻnalishi (matematikainformatika, kasbiy taʼlim, pedagogika-psixologiya, maktabgacha tarbiya va bolalar sporti, tarix, milliy istiklol goyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, kimyo va ekologiya, geografiya va iqtisodiy bilimlar asoslari, biologiya va inson faoliyati xavfsizligi, oʻzbek tili va adabiyoti, qozoq tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, ingliz tili, tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi, fizikaastronomiya, boshlangʻich taʼlim) buyicha bakalavrlar, 3 mutaxassislik (oʻzbek tili, biologiya, kimyo) boʻyicha magistrlar tayyorlanadi. 2003/04 oʻquv yili institutda 4633 talaba taʼlim oldi, 360 oʻqituvchi, jumladan, 5 fan doktori va professor, 68 fan nomzodi va dotsent ishladi. Institut faoliyati I. T. Yormatov, D. T. Toʻxliyev, U. Abdiyev, G. Pardayev, M. B. Boboyev, Sh. Ergashev, M. Mirkomilov, G. B. Niyozov kabi professor oʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq. Institutda "Chotqol ziyokori" gaz. nashr etiladi (2002-yildan). 2004-yil gacha institut 1,4 mingdan ortik, mutaxassis tayyorladi.