Toshkent viloyati davlat arxivi. 1938-yil yanvar oyida Toshkent viloyatinig tashkil topishi munosabati bilan, O‘zbekiston SSR Markaziy ijroya qo‘mitasi sovetlarining tashkiliy bo‘limi qoshida Toshkent viloyati arxiv bo‘limi boshqarmasi tashkil topdi. O‘zbekiston SSR Xalq Komissasrlari Sovetining 1940-yil 21-iyuldagi 1052 sonli qaroriga asosan Toshkent viloyati arxiv boshqarmasi, Toshkent viloyati davlat arxiviga aylantirildi. 1943-yildan 1957 yilgacha Toshkent viloyati davlat arxivi O‘zbekiston SSR Ichki Ishlar Vazirligi boshqarmasining Toshkent viloyati bo‘linmalari qoshida faoliyat yuritdi. 1992-yildan boshlab Toshkent viloyati hokimligi tashkil topganligi sababli, Toshkent viloyati hokimligi arxiv bo‘limi deb ataldi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004- yil 3-fevraldagi „O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida“ 49-sonli qarori, Toshkent viloyati hokimligining 2004-yil 17-mart № 54 sonli qaroriga asosan Toshkent viloyati arxiv bo‘limi, Toshkent viloyati arxiv ishi boshqarmasiga aylantirildi. Toshkent viloyati arxiv ishi boshqarmasiga qarashli Toshkent viloyati davlat arxivi va uning 6 ta filialida hozirgi kunda 593239 dan ortiq hujjatlar saqlanmoqda. Bugungi kunda Toshkent viloyat davlat arxivi Qibray tumani, Yangiobod q.f.y, Milliy bogʻ 27 a-uyda faoliyat yuritadi[1].

Adabiyotlar

tahrir
  • 1.Rashidov O. Oʻzbekistonda arxiv ishi tarixi. Toshkent, 2019. 130-bet.
  • 2.Toshkent ensiklopediya."Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent, 2009. 536-bet.
  1. Rashidov O. Oʻzbekistonda arxiv ishi tarixi. Toshkent, 2019. 130-bet.