Toshkent xalqaro hamkorlik markazi

Xalqaro hamkorlik markazi Toshkent shahrida joylashgan ochiq aksiyadorlik kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya 2000-yil 20 — aprel kuni Vazirlar mahkamasi tomonidan tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadlari chet el firmalari va tashkilotlari uchun savdo — sotiq ishlarida qulay shart-sharoitlar yaratish va xalqaro savdo koʻrgazmalar va yarmarkalarni koʻp jihatdan tashkil etish kabi ishlarni bajaradi. Yana ochiq aksiyadorlik kompaniyasining xizmatlariga Xalqaro Kongress uyushmasi tomonidan ISO 9001 sifat nazorati berilgan, bu yuqori sifat menejmentini tasdiqlaydi[1].

Xalqaro hamkorlik markazi

Markaz haqida batafsil

tahrir
 

Kompaniya Toshkent shahrida joylashgan boʻlib, uning umumiy maydoni 74.6 kv/m ga teng hisoblanadi va uning aniq tashkil etilgan sanasi 20.04.2000 sanadir. Uning asosiy binosi ofislarga moʻljallangan boʻlib qolgan xonalarni chet-el firmalari va horijiy tashkilotlarning vakolat xonalariga qolaversa mahalliy tashkilotlarga ijaraga beradi. Butun bir inshoot ichida toʻrtta bino kompaniyaning mulki hisoblanadi va ular quyidagi qismlarga boʻlinadi : Xalqaro biznes markazi , savdo sotiq ishlari bilan shugʻullanadigan Xalqaro savdo markazi Chimyon hordiq olish dargohi va yana Toshkent plaza koʻp tarmoqli sanʼat markazlarini oʻz ichiga oladi[2]. Hozirgi kunda horijiy mamlakatlarning turli tashkilotlari va kompaniyalarining boʻlimlari shu inshootlar ichida oʻz ishlarini olib boradilar va ularning soni 150 ga yaqin hisoblanadi, masalan: Samsung kompaniyasi ,Jahon banki, British council va yana koʻplab tashkilotlar oʻz boʻlimlarini ochganlar. Osiyo taraqqiyot bankining yillk yigʻilishlari va yana shunga oʻxshash koʻplab anjumanlar doimiy tarzda oʻtkazilib kelinadi. Bu kompaniyaning aksiyalar bolinmasidagi ulushlarinining 80.87 % ni Tashqi iqtisodiy aloqalar investitsiyalar va savdo vazirligi hissasiga toʻgʻri keladi, qolgan 6.31 %, 6.27 % va 6.55 % ulushlarni Uzpromashimpeks" kompaniyasi , Ozmarkazimpeks" kompaniyasi va turli kompaniyalar mos ravishda egallashgan [3].

  1. Kompaniya xizmatlari
  • Mehmonxona va dam olish joylari xizmat faoliyati
  • Ovatlanish joylari va restoran
  • Binoni tozalik holati
  • Elitish xizmat faoliyati
  • Tibbiy xizmat faoliyati
  • Tezkor pochta xizmat faoliyati

Xalqaro biznes markazi

tahrir

Bu inshootni Xalqaro hamkorlik markazi oʻz ichiga oladi, binoning zamonaviy va mustahkam qilib qurilgan, jami boʻlib 16 qavatdan iborat hisoblanadi. Bino Toshkent shahri markazida joylashgani uchun binoda ish olib boradigan biznes vakillariga qulayliklar yaratadi va bino hududi 61.53 kv/mertni tashkil etadi [4].Inshoot butunlay video kuzatuv vositalari bilan taminlangan va tashqarida kirish chiqish joylarida maxsus qoʻriqlash xizmati ish olib boradi. Binoning umumiy sigʻimi odamlar uchun 1600 kishini tashkil etadi.Hodimlar va boshqa hizmatchilar havfsizligini saqlash qolavesa binoning sof havosini saqlash maqsadida har bir honaga ulangan umumiy bir sovutish va isitish tizimlari oʻrnatilgan, bu esa barcha ishchilarga va horijiy mehmonlarga koʻp qulayliklar yaratadi .[5].

  1. Xalqaro biznes markazidan oʻrin olgan tashkilotlar
  • Britaniya kengashi
  • Saol energy kompaniyasi
  • Gazprom International kompaniyasi
  • Samsung kompaniyasi
  • Nokia networks kompaniyasi

Manbalar

tahrir
  1. news_4_u_133320.html, 2016-04-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-03-29
  2. international-trade-center[sayt ishlamaydi]
  3. Xalqaro xamkorlik markazi
  4. International bussines center, 2016-01-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-03-29
  5. „Xalqaro biznes markazi“. 2017-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-mart.