Toshkentdagi samolyot halokati (2006)
Toshkent havo halokati 2006-yil 19-oktyabrda Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahridagi Toshkent xalqaro aeroporti yaqinida yuz bergan. „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ Milliy aviakompaniyasining Antonov An-2 samolyoti favqulodda qoʻnayotgan vaqtida halokatga uchragan. Tabiiy ofat natijasida 15 kishi halok boʻlgan (13 yoʻlovchi va 2 ekipaj aʼzosi). Ularning barchasi bortda boʻlganligi maʼlum qilingan[1].
Ushbu turdagi Antonov An-2 mashinasi halokatga uchradi | |
Hodisa | |
---|---|
Sana | 19-oktyabr, 2006-yil |
Xulosa | Yomon ob-havo sharoiti |
Joylashgan joy | Toshkent xalqaro aeroporti dan shimoli-sharqda |
Turi | Antonov An-2 |
Operator | Oʻzbekiston havo yoʻllari |
Roʻyxatdan oʻtish | UK-70152 |
Oxirgi toʻxtash joyi | Toshkent |
Manzil | Toshkent |
Yoʻlovchilar | 15 |
Ekipaj | 2 |
Oʻlim holatlari | 15 kishi |
Jarohatlar | 0 |
Yoʻqolgan | 0 |
Omon qolganlar | 0 |
Antonov An-2 samolyoti (reg. №. „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ Milliy aviakompaniyasining UK-70152) samolyoti oʻzining oʻquv parvozini amalga oshirayotgan bo'lgan. Samolyot yoʻlovchilari parashyutda sakrash boʻyicha mashgʻulotlardan oʻtishi kerak boʻlgan bir guruh oʻzbek askarlari edi. Samolyot Toshkent aeroportidan ertalab soat 7:00 atrofida havoga koʻtarilgan. Shahardan bir necha kilometr uzoqlikda ob-havoning tez yomonlashishi kuzatilgan[2]. Keyin samolyot uchuvchisi aviadispetcherga samolyotni boshqarishda muammolar vujudga kelayotgani haqida xabar bergan va aeroportga qaytishga qaror qilgan. Samolyot uchuvchisi samalyotni Toshkent aeroportiga yetib bora olmasligini aniqlagan va yqain atrofdagi keng yerga qoʻnishga qaror qilgan. Ushbu manevr paytida samalyot qulab tushgan. Samolyot bir necha boʻlaklarga boʻlinib, yonib ketgan. Antonov An-2 bortidagi 15 kishidan hech biri halokatdan omon qolmagan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Aviation Safety Network“.
- ↑ „Uzbekistan: 15 ofiar katastrofy samolotu“ 2006-10-19.
- ↑ „Uzbekistan plane crash kills 15“ 2006-10-19.