Toshloqi 862
Toshloqi 862 — oʻrtapishar qovun navi. Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot intida mahalliy navdan yakka tanlash usuli bilan (M.N.Kulakova, 1956) yaratilgan. Niholi unib chiqqandan keyin mevasi 85—90 kunda pishadi. Meva shakli silindrsimon, vazni 1,6— 3,0 kg, yuzasi silliq, tusi och yashil. Poʻsti oʻrtacha qalinlikda, etining rangi och yashil, qalinligi 3,5—5,0 sm, mayin, sersuv, shirin, yangiligida isteʼmol qilinadi. Urugʻxonasi oʻrtacha kattalikda, urugʻlari yirik, urugʻxonaning yarmini egallaydi. Quruq modda miqdori 14,2%, qand 11,8%. Hosildorligi 200—220. s/ga, Eti yumshoq boʻlgani uchun uzoq saqlab boʻlmaydi. Oʻzbekistonning (Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻistondan tashqari) barcha viloyatlari uchun rnlashtirilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |