Total Commander
Total Commander (oldingi nomi Windows Commander) — Christian Ghisler tomonidan ishlab chiqilgan Windows, Windows Phone, Windows Mobile/Windows CE[1] va Android uchun fayl boshqaruvchi[2]. Dastur ikki asosiy oynaga ajralgan va quyi qismida tezkor buyruqlar tugmalari mavjud[3].
Boshqa nomlari | Windows Commander |
---|---|
Yaratgan dasturchisi (firmasi) | Christian Ghisler |
Dastlabki foydalanishga chiqarilishi |
25.09.1993 |
Dasturning amaliyotga tatbiqi |
10.51
/ 1.09.2022 |
Operatsion sistema | Windows |
Platforma | Andoid |
Turi | Fayl boshqaruvchisi |
Veb sayt | https://www.ghisler.com/ |
Afzalliklari
tahrirTotal Commanderning asosiy imkoniyatlari:
USB xotiralardan kompyuterga virusni oʻtkazmaslikka harakat qilishi;
Viruslarni dastur orqali koʻrish imkoniyati;
Fayllarni koʻrsatish/yashirish, yoʻq qilish, qayta nomlash, koʻrish, qidirish[4].
Bir ekranda 2 oyna bilan ishlash;
Fayl hamda papkalarni boshqa papkaga va bir diskdan boshqa diskka koʻchirish osonligi;
Formati nomaʼlum, tizim fayllarni koʻrish va ularga oʻzgartirish kiritish imkoniyati
Fayl va kataloglarni arxivlash hamda arxivdan chiqarish;
Fayl hamda kataloglarni alifbo, kengaytma, yaratilgan sana va oʻlchami orqali tartiblash;
Arxivlangan fayl va kataloglarni oldindan ko’rish;
Kompakt diskka yozish;
Elektron jadvallar va maʼlumotlar bazasi bilan ishlash;
Tezkor tugmalar orqali amallarni oson bajarish imkoniyati va boshqalar[5].
Tezkor tugmalar va vazifalari
tahrirYuqori qator
tahrirF1 — Foydalanuvchi yoʻriqnomasi;
F2 — Qayta nomlash;
F3 — Qisqa koʻrish;
F4 — AkelPad;
F5 — Qarama-qarshi oynaga nusxalash;
F6 — Qarama-qarshi oynaga koʻchirish;
F7 — Yangi papka ochish;
F8 — Belgilangan fayli oʻchirish;
Alt tugmasi bilan
tahrirAlt+F1 — Chap oynadagi diskni oʻzgartirish;
Alt+F2 — Oʻng oynadagi diskni oʻzgartisih;
Alt+F3 — Faylni kod shaklida koʻrish;
Alt+F4 — Dasturdan chiqish;
Alt+F5 — Arxivlash;
Alt+F6 — Arxivdan chiqarish;
Alt+F7 — Umumiy qidirish;
Alt+F8 — Oynadagi fayllardan qidirish.
Ctrl tugmasi bilan
tahrirCtrl+F3 — Alifbo tartibi boʻyicha;
Ctrl+F4 — Turi boʻycha;
Ctrl+F5 — Sanasi boʻyicha;
Ctrl+F6 — Hajm boʻyicha tartiblaydi;
Ctrl+F7 — Betartib roʻyxat[6]
Manbalar
tahrir- ↑ [https://www.ghisler.com/ce2.htm „Download version 2.51 of Total Commander for PocketPC/WinCE (Freeware!)“].
- ↑ „Android uchun qulay fayl menejerlari“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
- ↑ Total commander dasturi bilan to'liq tanishamiz! YouTubeda //Kompyuter Akademiyasi. Qaraldi: 08.09.2022
- ↑ Total Commander dasturi YouTubeda //AKT servis. Qaraldi: 8-avgust, 2022-yil
- ↑ „Total Commander va FAR dasturiy qobiqlari haqida siz bilgan va bilmagan ma'lumotlar.“ (2020). 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
- ↑ „TOTAL COMMANDER QOBIQ DASTURI“. 2022-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-sentyabr.
Havolalar
tahrir- Total Commander Play Marketda
- Dasturning rasmiy sayti