Totonaklar — Meksikadagi indeys xalqi. 200 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Penuti tillariga qardosh tillarda soʻzlashadi. Dindorlari — katoliklar. Qadimda T. Meksikaning Atlantika okeani sohillarida yashashgan. Verakrus shtatidagi Taxina madaniyatini (2ming yillik boshi) yaratuvchilari T. deb hisoblashadi. 14-asrdan atsteklar qoʻl ostida boʻlib ularga oʻlpon toʻlashgan. 16-asr boshida ispanlar tomonidan boʻysundirilgan. Asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik.