Tovush bosimi - tovush toʻlqini suyuq yoki gazeimon muhitdan oʻtayotganda ularda vujudga keladigan qoʻshimcha bosim. Tovush bosimi bosimning oʻzgaruvchi qismi, yaʼni chastotasi tovush toʻlqinining chastotasiga teng boʻlgan bosimning oʻrtacha qiymatdan oʻzgarishidir. Tovush bosimi tovushning asosiy miqdoriy xarakteristikam hisoblanadi. Xapqaro birliklar tizimi SI da paskalda va birliklar tizimiga kirmagan barda oʻlchanadi.