Tovush yutilishi - tovush toʻlqini energiyasining boshqa tur energiyalarga, xususan issiqlik energiyasiga qaytmas oʻtishi hodisasi; yutilish koeffitsiyenta a bilan xarakterlanib, sm~’ da, yaʼni neper/sm yoki detsibel/m larda ifodalanadi.

Gazlarda Tovush yutilishi gaz bosimiga, suyuqliklarda, asosan, yopishqoqlikka bogʻliq. Qattiq jismlarda Tovush yutilishi, asosan, muhitning ichki ishqalanishi va issiqlik oʻtkazuvchanligi bilan belgilanadi. Tovush yutilishi moddaning kristallik holatiga, defekt, aralashma va dislokatsiyalarning boryoʻkligiga, materialga dastlabki ishlov berishga bogʻliq. Metall va yarimoʻtkazgichlarda Tovush yutilishi dielektriklardan doim katta, chunki tovushning oʻtkazuvchanlik elektronlari bilan oʻzaro taʼsiri natijasida qoʻshimcha yutilish boʻladi.

Muhitda moddalar har xil jinsli boʻlganda Tovush yutilishi ortib ketadi. Turli gʻovak va tolali moddalarda Tovush yutilishi yuqori boʻlganligidan ulardan tovushni pasaytiruvchi va izolyatsiyalovchi vosita sifatida foydalaniladi.