Tovushqator
Tovushqator — muayyan musiqa tizimidagi barcha tovushlarning tartiblashgan majmuasi (mas., lad tovushlarining izchil tuzilmasi, gamma). Turli musiqa uslublarida Tovushqator ahamiyati har xil boʻladi. Masalan, dodekafoniya uslubidagi asarlarda T.dan koʻra intervallar izchilligining mohiyati balanddir. Ogʻzaki anʼanadagi musiqa, jumladan, oʻzbek xalq va mumtoz musiqa ijodida T.larning bir nechta tarixiy — uslubiy koʻrinishlari ajratiladi. Mas., mavsum marosim qoʻshiqlariga xos tor (kvartakvinta) hajmdagi T.lar, xalq lirik va raqs qoʻshiqkuylarda asosiy oʻrin tutgan oktava diapazonidagi T.lar, maqom T.lari va boshqa Baʼzi (yigʻi, alla, qissaxonlik kabi, kompozitorlik ijodida esa — sonoristika, elektron musiqa va boshqa yoʻnalishidagi) musiqa shakllarida muayyan T. tizimi oʻrniga tovushlarning erkin munosabatlari asosiy oʻrin tutadi.
Adabiyot
tahrir- Vaxromeyev V., Muzikaning elementlar nazariyasi, 2nashri (maxsus muharrir T. Gʻafurbekov), T., 1980.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |