Toz — ilk oʻrta asrlarda yirik turkiy qabilalardan biri. T.lar 10—12-asrlarda qipchoqlar tarkibiga kirgan. Oʻzbeklarning qurama, nurotalik turkmanlar, qatagʻon, mangʻit, kesamir kabi qabila birlashmalari tarkibida boʻlgan. Oʻzbek qatagʻonlari tarkibidagi (tas)lar chovchi, bolgʻabosgan kabi tarmoklarga ham boʻlingan. T.lar keyinchalik bir qancha guruhlarga boʻlinib, boshqird, qozoq, oʻzbek va qoraqalpoq xalklari tarkibiga qoʻshilib ketgan.