Trankvilizatorlar
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Trankvilizatorlar - ataraktik-ruhiyatni tinchlantiruvchi, xotirjamlik keltiruvchi moddalar hisoblanadi. U markaziy asab tizimiga – ruhiyatga oʻziga xos tinchlantiruvchi anksiolitik taʼsir koʻrsatadi. Moddalarning psixozga taʼsiri juda kam boʻlib, kimyoviy tuzilishi jihatdan u benzodiazepin unumlaridan iborat. Moddalarning anksiolitik taʼsiri limbik sistema bilan bogʻliq, shu yerda oʻziga xos boʻlgan benzodiazepin retseptorlarni bogʻlab, ularni qoʻzgʻatadi. Benzodiazepin retseptorlari esa GAMK retseptorlarining modulyatori hisoblanadi, shu tufayli benzodiazepin retseptorlarining qoʻzgʻalishi GAMK ergik toʻqimalarni faolligini oshiradi, GAMK mimetik taʼsir koʻrsatadi. Trankvilizatorlar markaziy nerv sistemasining qoʻzgʻatuvchi hamda harakatlantiruvchi faoliyatini kamaytiradi. Anksiolitik sedativ taʼsir tufayli bu moddalar uyquga ketishni osonlashtiradi. Shuning uchun bu moddalar bolalar va kattalarda uyqu dori sifatida psixonevroz holatlarida, xirurgiyada premedikatsiya sifatida qoʻllanadi.
Benzodiazepin qatorlari
tahrirBenzodiazepinlar bir -biridan faolligi, taʼsir muddati, zaharliligi va zarari bilan farq qiladi. Taʼsir muddati boʻyicha qatorlash.
Xlordiazepoksid
tahrirQoʻllanilishi
tahrirAlkogolizm, narkomaniya abstensiyasi sindromini davolash uchun qoʻllanadi. Xlordiazepoksida ogʻriq qoldiruvchi modda boʻlib, xirurgiyada jarrohlikdan keyin boʻladigan ogʻriqlarda qoʻllanadi. Jigar buyrak ogʻir miasteniya kasalliklarida xlordiazepoksid man qilinadi.
Seduksen
tahrirAnksiolitik mushsklarni boʻshashtirishi jihatdan xlordiazepoksiddan ustunroq, benzodiazepinlar ichida yogʻda yaxshi erigani uchun miya toʻqimalarida aniqlanadi. Moddaga psixik tobelik paydo boʻlishi mumkin. Davolash har 2 oydan oshmasligi zarur, takroriy davolashni 3 haftadan keyin boshlash lozim. Psixomotor qoʻzgʻlishlarda, kuchli qoʻrquvda mushaklar orasiga, venalarga yuboriladi. Fenazepam yuqori darajada anksiolitik taʼsirga ega. S.S.Azimova