Transferazalar — har xil atomlar guruhini bir organik birikma molekulasi (donorlar)dan ikkinchisi (akseptorlar)ga koʻchirilishi qaytar jarayonini katalizlaydigan fermentlar sinfi. T. eng katta sinf boʻlib, ularning 500 ga yaqin individual xillari aniklangan. Koʻchirilayotgan guruxlarning turiga qarab, bular aminotransferazalar, fosfotransferazalar, glikoziltransferazalar va boshqa ga boʻlinadi. T.ning koʻpchiligi faqat koferment (qarang Kofermentlar) ishtirokida katalitik faolligini koʻrsatadi, ammo koferment tavsifi koʻchiriluvchi guruh tomonidan belgilanadi. Mas., amin guruxlarning koʻchirilishida perdoksal fosfat, shakarlar qoldigining koʻchirilishida nukleotidlar koferment boʻladi. T. tabiatda keng tarqalgan boʻlib, oraliq moddalar almashinuvida muhim ahamiyatga ega.