Transkripsiya (transcriptio koʻchirib yozish) — yozuvning nutq tovushlari talaffuzini aniq ifodalash uchun ishlatiladigan sunʼiy (shartli) turi; nutq boʻlaklari (tovush, boʻgʻin, soʻz)ning tovushiy sifatlarini yozuvda aniq aks ettirish usuli. Transkripsiya eng avvalo, 2 ga boʻlinadi: ilmiy transkripsiya va amaliy transkripsiya. Ilmiy transkripsiya ma'no turi oʻz xususiyatiga koʻra, fonetik va fonematik transkripdiyalarga boʻlinadi. Fonetik transkripsiya ogʻzaki nutq (talaffuz)ni barcha xususiyatlari bilan yozuvda aniq aks ettirishni koʻzda tutadi va xorijiy tillar (masalan, ingliz tili) lugʻatlarida, til darsliklari va notiqlik qoʻllanmalarida, jonli tilni yozib olishda (dialektologik yozuvlar, fonetika darsliklari va boshqalar) qoʻllanadi. Fonetik transkripsiyaning asosiy prinsipi shundaki, talaffuz etilgan har bir tovush yozuvda alohida qayd etilishi kerak. Fonetik transkripsiya amaldagi biror alifbo asosida, unga nutq aʼzolaridagi ayrim artikulyatsiyalarni aks ettiruvchi ost-ust belgilari yoki ixtiyoriy oʻylab topilgan belgilar tizimini qoʻshish bilan yaratiladi. Masalan oʻzbek shevalarini oʻrganish maqsadidagi dialektologik yozuvlarda amaldagi alifboda boʻlmagan e (til oldi a), Oʻ(i ning variantlari), o, o (oʻ ning variantlari) va boshqa belgi (harf)larning qoʻllanishi. Universal transkripsiya sifatida Xalqaro fonetik uyushma — IPA (International Phonetic Association) tomonidan 1886-yilda lotin grafikasi asosida yaratilgan va doimo takomillashtirib boriladigan qoʻllanadi.

Fonematik transkripsiyaTahrirlash

Fonematik transkripsiya har bir soʻzni fonema tarkibiga koʻra aks ettiradi, bunda kuchsiz pozitsiyalarda paydo boʻladigan variantlar aks ettirilmaydi. Ushbu transkripsiyaning prinsipiga koʻra, har bir fonema, pozitsiyasidan qatʼiy nazar, doimo ayni bir belgi bilan aks ettiriladi. Fonematik transkripsiyada fonetik transkripsiyaga qaraganda kamroq belgi ishlatiladi, chunki fonemalar miqdori doimo variantlar miqdoridan kam boʻladi.

Amaliy transkripsiya =Tahrirlash

Amaliy transkripsiya muayyan milliy alifbo vositalari orqali boshqa tillardagi atokli otlar, terminlar, maxsus nomlar va shu kabi tarjima qilinmaydigan soʻzlarni aks ettiradi va shu yoʻl bilan ularni qabul qiluvchi tilning bosma matnlariga kiritadi. Amaliy transkripsiya qabul qiluvchi til alifbosidagi belgilar chegarasidan chiqmaydi, lekin belgilarning ayrim gʻayriodatiy qoʻllanishlariga yoʻl qoʻyadi. Amaliy transkripsiyaga qoʻyiladigan asosiy talablardan biri qabul qilinayotgan birlikning talaffuzini imkon qadar aniq saqlab qolishdir. Shu bilan birga, amaliy transkripsiya soʻzning morfem tuzilishini, uning grafik xususiyatlari va boshqa ni saqlab qolishi hamda muayyan soʻzning oson oʻzlashishini taʼminlashi kerak.

Turkalogiyada ikki xil transkripsiya qabul qilingan. Biri kiril alifbosi negizidagi, ikkinchisi esa lotin alifbosi negizidagi.So’ngi chog’larda hatto rus turkalogiyasida ham lotin yozuvi yozuvi asosidagi transkripsiya keng ishlatilmoqda.

Matnni transkripsiyaga o’girishda avvalo asarning fonetik xususiyatlarini,asarning tovushlar tizimini yaxshi bilmoq kerak.

Hozirgi o’zbek adabiy tilidagi [a] unlisi o’rnida yozma yodgorliklar tilidagi ikki fanema qo’llangan:yo’g’on talaffuzli so’zlar orqa qator [a], ingichka talaffuzli so’zlarda esa old qator [a] ishlatilgan. Bularning har ikkovi ma’no farqlash xususiyatiga ega.Masalan ilk o’rta asrlar manbalarida ab-,,ov’’ ingichka unli bilan talaffuz qilinsa uy so’zi anglashiladi.Yoki at-ot(yilqi) yoki ,,ism’’ ingichka at esa ,,go’sht’’ degan ma’noni anglatadi.

Qadimgi turkiy bitiglarda so'z boshi va birinchi bo'g'inida keladigan old qator, “ingichka”, keng, lablanmagan [a] unlisi keyinchalik “yopiq" [e] ga o'zgara boshladi. Shuning uchun ham o'rta asrlarda yaratilgan yodgorliklarni transkripsiyaga o'girganda bunday so'zlarni [e] bilan bergan maqqul: el,erdi ,kerak singari.

Matnda kechgan [i] bilan [e] unlilarini farqlay olish kerak.

Alisher Navoiyning mashxur bayti bor. Uni, odatda, shunday o'qishadi:

alam ahli bilingizkim ish emas dushmanliq

yar olun bir-biringizgakim erur yarliq ish

Ushbu baytda iš so'zi matinda "alif" u "ya" va "shin" bilan yozilgan (ايش).Biroq yuqoridagi iš degan so'z mazmunda g'aliz bo'lib qoladi.Ya'ni (dushmanlig' ish emas) degan mazmun anglashiladi.Aslida ushbu jumladagi ايش so'zini iš(ish yani дело) emas [e] tovushi bilan eš (hamroh,do'st ma'nosida) deb o'qilgani to'g'ri. Ana shunda "dushmaning senga esh bo'lmaydi" degan ma'no kelib chiqadi.

Ikkinchi satirdagisi o'ziday qolgani maqqul chunki unda "ish" ma'nosidadir.Bundan tashqari erûr yarlïy iš deyilganda "Tangrining yorlig'i" , yani "buyrug'i" ko'zda tutiladi.

Yuqoridagi fikrlaga tayanganda baytni quyidagicha o'qish mumkin.

âlam ahliî biliniz-kim,eš emas dušmanliy

yor olun bir-biringizgâ-kim,erûr yorlïy iš

Mazmuni esa tubandagicha bo'ladi:

"Olam ahli bilingizkim dushmanlig' (sira) esh bo'lmaydi

Bir biringizga do'st bo'ling, Tangrining yorlig'i ( ya'ni buyrug'i ) shudir"

Matnlar tilida kechgan unlilar bilan bog'liq boshqa bir misol.

Adib Ahmad Yugnakiy "Xibat-u haqoyiq" asarining arab yozuvi nushasida shunday satrlar bor (misol YugC.17 olindi)

AdabiyotTahrirlash

  • Superanskaya A. V., Teoreticheskiye osnovi prakticheskoy transkripsii, M., 1978; Reformatskiy A. A., Vvedeniye v yazikovedeniye, M., 1998.
  • Matnshunoslik va manbashunoslik Sodiqov Q. Toshkent 2017

Ibodulla Mirzayev.

Ibrohimova Risolat TDShU