Translokatsiya (genetikada)
Genetikada xromosoma translokatsiyasi bu xromosomalarning noodatiy qayta joylashishiga olib keladigan hodisa hisoblanadi.Bu muvozanatli va muvozanatsiz translokatsiyani o'z ichiga oladi, ikkita asosiy turga ega: o'zaro va Robertson translokatsiyasi. O'zaro translokatsiya - bu gomolog bo'lmagan xromosomalar o'rtasidagi qismlar almashinuvi natijasida kelib chiqadigan xromosoma anomaliyasi sanaladi.Bunda ikki xil xromosomaning ikkita ajratilgan bo'lagi almashadi.Ikkinchi tur translokatsiya-Robertson translokatsiyasi esa ikkita gomolog bo'lmagan (nogomolog) xromosomalar biriktirilgandagina sodir bo'ladi, ya'ni ikkita sog'lom juft xromosoma berilganda, har bir juftlikdan bittasi "yopishadi" va bir xil aralashadi. [1]
Translokatsiya orqali ikkita boshqa ajratilgan genlarni birlashtirganda gen sintezini amalga oshirish mumkin.Buni turli usullar,xususan,sitogenetik usulda yoki o'zgargan hujayralarning kariotipidan aniqlash mumkin.Translokatsiyalar muvozanatli bo'lishi mumkin (ortiqcha yoki yetishmayotgan genetik ma'lumotga ega bo'lmagan,ya'ni ideal holda to'liq,funksionalliksiz material almashinuvida boʻlgan) yoki muvozanatsiz ( xromosoma moddasi almashinuvi teng bo'lmaganda, bu ortiqcha yoki yetishmayotgan genlarga olib keladi). [1] [2]
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „EuroGentest: Chromosome Translocations“. www.eurogentest.org. 2018-yil 24-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-mart.
- ↑ „Can changes in the structure of chromosomes affect health and development?“ (en). Genetics Home Reference. National Library of Medicine. Qaraldi: 2020-yil 15-iyul.