Transport immobilizatsiyasi(TI) yoki bemorni statsionarga olib borish vaqtidagi immobilizatsiya – bu vaqtinchalik chora (bir necha soatdan bir necha kungacha), ammo bu jabrlanganning xayoti, shikastlanishning kechishi va natijasi uchun katta ahamiyatga ega. Transport immobilizatsiyasi maxsus yoki turli materiallardan tayyorlangan shina va bogʻlam-lar qoʻyish bilan amalga oshiriladi. Transport shinalari fiksatsiya kiluvchi va fiksatsiya bilan bir katorda tortib turuvchi turlarga boʻlinadi. Fiksatsiya kiluvchi shina-lardan fanera, sim-narvonsimon, taxtadan va kartondan tayyorlangan shinalar eng koʻp tarqalgan. Fiksatsiya qilib tortuvchi moslamalarga Diterixs shinasi kiradi. Katta masofaga transportirovka qilishda vaktinchalik koʻyiladigan gips bogʻlamlaridan foydalaniladi[1].

transport immobilizatsiyasi

Shinalar

tahrir

Suyak bilan bogʻliq jarohatlarda bemorning jarohatlari keyichalik asorat bermasligi uchun bemorni jarohat olgan sohasini harakatsizlartirish uchun moslamalar[2].

Faner shinalar

tahrir

Qoʻl va oyoqlarni immobilizatsiya qilish uchun ishlatiladi[3].

Simdan tayyorlangan shinalar

tahrir

(Kramer tipidagi)[4] poʻlat simdan ikki oʻlchamda (110x10 va 60 x 10 sm) tayyorlanadi. Bunday shinalar yengil, mustaxkam va amaliyotda keng tarqalgan.

Toʻrsimon shina

tahrir

Toʻrsimon yohud Filberg shinasi[5].Yumshoq ingichka simdan tayyorlanadi, bunga yaxshi shakl berish mumkin, ixcham, ammo baquvvat boʻlmaganligi tufayli cheklangan xolda ishlatiladi.

Diteriks shinasi

tahrir

Rossiyalik jarroh tomonidan oyoqlarni immobilizatsiya qilish uchun yaratiltan. Shina yogʻochdan yasalgan, ammo xozirgi paytda yengil va zanglamaydigan metalldan tayyorlanadi[6].

Gipsli boʻgʻlam

tahrir

Qulayligi shundaki, unga xohlagan shaklni berish mumkin. Bu bogʻlam, ayniqsa, boldir, bilak va yelka shikastlan-ganda qulay, noqulayligi esa uning qotishi va qurishi uchun maʼlum vaqt talab qilinadi[7]. Voqea sodir boʻlgan joyda transport immobilizatsiyasi qilish uchun hamma qakt ham shinalar boʻlmasligi mumkin, shunda duch kelgan narsalardan yoki naridan-beri tayyorlangan shinalardan foydalaniladi. Shu maqsadda yogʻoch, taxtachalar, fanera boʻlaklari, karton, soyabon, changʻi, qattiq qilib buklangan kiyimbosh va boshqa narsalar ishlatiladi. Bundan tashqari, qoʻlni tanaga va shikastlangan oyoqni sogʻlom oyoqqa bogʻlash mumkin (autoimmobilizatsiya)[8].

Transport immobilizatsiyasi tamoyillari

tahrir
  • Shina ikkita yoki uchta boʻgʻimni qamrab olishi kerak[9].
  • Qoʻl yoki oyoqlarni immobilizatsiya qilganda ularga imkon boricha oʻrta fiziologik xolat berish kerak agar buning iloji boʻlmasa, unda qoʻl yoki oyoqni kam shikastlanadigan xolatda immobilizatsiya qilinadi[9].
  • Yopiq sinishlarda immobilizatsiyani tugatish oldidan shikastlangan qoʻl yoki oyoqni oʻqi boʻylab, asta-sekin avaylab tortish kerak[9].
  • Ochiq sinishlarda suyaklar oʻrniga solinmaydi: steril bogʻlam qoʻyilib, shikastlangan oyoq yoki qoʻl qaysi xolatda turgan boʻlsa, oʻsha xolatda fiksatsiya qilinadi[9].
  • Jabrlanganlarning kiyimlari yechilmaydi
  • Ochiq tanaga qattiq shinalar qoʻyilmaydi: shina ostiga yumshoq taglik solish shart (paxta, sochiq, poxol va boshqa yumshoq narsalar)[9].
  • Bemorni zambildan koʻchirib oʻtkazishda yordamchi shikastlangan oyoq yoki qoʻlni ushlab turishi kerak

Boʻyin shikastlanganda transport immobilizatsiyasi

tahrir

Boʻyin va boshni yumshoq paxta-dokadan tayyorlangan aylanma moslama yoki Yelanskiyning maxsus transport shinasi yordamida immobilizatsiya qilinadi. Yumshoq xalqasimon doira bilan immobilizatsiya qilinganda shikastlanganni zambilga yotqizib harakat boʻlmasligi uchun bogʻlab qoʻyiladi. Paxta-dokadan tayyorlangan doirani yumshoq toʻshama ustiga qoʻyiladi, shikastlanganning boshini ensa soxasi bilan doira teshi-giga qoʻyiladi[10]. Paxta-doka bogʻlami „Shans tipidagi yoqa“ bilan immobilizatsiya qilish – nafas olish qiyin boʻlmasa, qayt qilmasa va qoʻzgʻalmaganda qoʻyilishi mumkin. Yoqa ensa doʻmbogʻiga, ikkala soʻrgʻichsimon oʻsiqqa va pastda koʻkrak qafasiga qadalishi kerak Bu transportirovka paytida boshni yon tomonga harakat qilishiga qoʻymaydi. Yelanskiy shinasi yordamida immobilizatsiya qilinsa, u birmuncha qattiq fiksatsiyani taʼminlaydi. Fanerdan tayyorlangan shina ikki tabaqadan tashkil topgan va oʻzaro xalqalar. yordamida ulangan. Shina ochilgan xolatda bosh va tana konturiga mos keladi. Shinaning yuqori qismida ensa sohasi uchun uyma qilingan, yon tomonlariga klyonkadan tayyorlangan ikkita yarim xalqaga moyil yostiqchalar qoʻyiladi. Shinani tasmalar yordamida tana va yelkaga maxkamlab qoʻyiladi. Shina ustidan yupqa paxta toʻshaladi.

Umurtqa pogʻonasi shikastlanganda transport immobilizatsiyasi

tahrir

Umurtqa pogʻonasi shikastlanganda immobilizatsiyadan maqsad transportirovka vaqtida shikastlangan soxani harakatsizlantirish, ogʻirlik tushirmaslik va shikastlangan joyni ishonchli fiksatsiya qilish. Umurtqalari shikastlangan bemorni transportirovka qilish xavfli, chunki shikastlangan umurtqa qoʻzgʻalishi oqibatida orqa miyani jaroxatlashi mumkin. Pastki koʻkrak va yuqori bel umurtqalari shikastlanganda transportirovka bemorni zambilda qorniga yotgan holatida, koʻkrak ostiga va bosh tagiga yostiq qoʻyilib umurtqa tanasi yukdan holi etilgan xolda bajariladi. Agar zambil qattiq boʻlsa (taxta, faner shina, yaxlit faner taxta va boshqalar), ustidan yupqa koʻrpani bir necha qavat qilib yozib, chalqanchasiga yotqziladi[11]. Bemorni transportirovka qilishda eng muxim masala uni zambilga yotqizish, bu ishni 3-4 kishi bajarishi kerak

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • AO-Prinsipi lecheniya perelomov (v dvux tomax) / Rüedi, Buckley, Moran (Editors). – M.: Vassa-Media, 2012.
  • Kotelnikov G. P., Mironov S. P., Miroshnichenko V. F. Travmatologiya i ortopediya. – M.: GEOTAR-Media, 2006