Trabzon
(Trapezunddan yoʻnaltirildi)
Trabzon, Trapezund — Turkiyaning shim.sharqiy qismidagi shahar. Qora dengiz boʻyidagi port. Trabzon elining maʼmuriy markazi. Aholisi 215 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Oziq-ovqat, kemasozlik, qurilish materallari, tamaki sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda zigʻir va jundan turli buyumlar tayyorlanadi. Universitet, aeroport mavjud.
T. mil. av. 8-asr oʻrtalarida barpo qilingan. Muhim port va savdo markazi boʻlgan. Mil. av. 2-asrda rimliklar bosib olgan. 1204—1461-yillarda Trapezund saltanatining poytaxti. 1461-yildan turklar qoʻl ostiga oʻtgan. Meʼmoriy yodgorliklardan jome masjidlari, cherkovlar, qalʼa (13-asr) va boshqa saqlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |