Travis Gawryletz
Travis Gawryletz (talaffuzi: Travis Gavrilets) (1985-yil 2-noyabrda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi.
Tugʻilgan joyi |
2-noyabr 1985-yil Trail, Britaniya Kolumbiyasi, Kanada | ||
---|---|---|---|
Boʻyi | 6 ft 2 in (188 cm) | ||
Ogʻirligi | 201 lb (91 kg; 14 st 5 lb) | ||
Pozitsiyasi | himoyachi | ||
Oʻynagan jamoalari |
Lake Erie Monsters HC Karlovy Vary HC Sparta Praha HC Pardubice Székesfehérvár | ||
NHLga kirish drafti |
253-oʻrindagi tanlov, 2004 Philadelphia Flyers | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2008—2014 |
Oʻyin faoliyati
tahrirTravis Gawryletz Philadelphia Flyers xokkey jamoasi safiga 2004-yilda NHL kirish loyihasida 253-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi. Keyin Travis Gawryletz Minnesota-Duluth universitetiga Kollej Xokkey Assotsiatsiyasida kollegial xokkey oʻynash uchun ishga qabul qilindi. Travis Gawryletz Duluth xokkey jamoasi bilan toʻrt yillik faoliyati davomida 140 ta oʻyinda maydonga tushdi.
Kollejdagi karyerasini tugatgandan soʻng, Travis Gawryletz 2008—2009-yillardagi birinchi professional mavsumi oldidan ECHLning Elmira Jackals xokkey jamoasi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi. Travis Gawryletz klub safida mavsumdagi eng yaxshi himoyachi nomiga sazovor boʻldi.
Travis Gawryletz 2009—2010-yilgi mavsumda ham „Jackals“ xokkey jamoasi safida qolish uchun klub bilan yangi shartnoma imzoladi[1]. Shundan soʻng, Travis Gawryletz 2010-yilning 27-noyabrida „Lake Erie Monsters“ jamoasi safida AHLdagi debyutini oʻtkazish uchun ijaraga olindi.
Aprel oyining oʻrtalarida, Travis Gawryletz 2010—2011-yilgi mavsumida „Lake Erie Monsters“ xokkey jamoasi safida harakat qilishi uchun klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Mavsum tugaganidan soʻng, Travis Gawryletz klubni tark etdi. 2011-yil 19-oktyabrda Travis Gawryletz Chexiya Ekstraligasi vakili HC Karlovy Vary xokkey jamoasi bilan shartnoma imzoladi[2].
Mavsum yakunida, 2012-yil 2-mayda, Travis Gawryletz HC Sparta Praha xokkey jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[3]. 2012-2013-yilgi mavsumda Travis Gawryletz 2012-yil 28-noyabrda mavsumning qolgan qismida Chexiyaning HC Pardubice xpkkey jamoasi safiga qoʻshildi[4].
2013-yil 15-iyulda Travis Gawryletz Avstriya xokkey ligasi vakili Székesfehérvár xokkey jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[5]. 2014-yilning 7-yanvarida Travis Gawryletz nafaqaga chiqdi.
Hakamlik faoliyati
tahrirTravis Gawryletz oʻyinchi sifatida nafaqaga chiqqanidan soʻng, bir mavsum davomida Gʻarbiy Xokkey Ligasida laynsmen boʻlib ishladi. 2018—2019-yilgi NHL mavsumi boshlanishidan oldin Travis Gawryletz hakamlar roʻyxatiga kirtildi[6].
Shaxsiy hayoti
tahrirTravis Gawryletz hozirda xotini va oʻgʻli bilan Britaniya Kolumbiyasining Kelowna shahrida yashaydi[7].
Faoliyat statistikasi
tahrirMuntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
2002—2003 | Trail Smoke Eaters | BCHL | 56 | 4 | 28 | 32 | 42 | — | — | — | — | — | ||
2003—2004 | Trail Smoke Eaters | BCHL | 51 | 9 | 21 | 30 | 51 | 10 | 1 | 3 | 4 | 6 | ||
2004—2005 | U. of Minnesota-Duluth | WCHA | 35 | 4 | 1 | 5 | 26 | — | — | — | — | — | ||
2005—2006 | U. of Minnesota-Duluth | WCHA | 32 | 0 | 7 | 7 | 12 | — | — | — | — | — | ||
2006—2007 | U. of Minnesota-Duluth | WCHA | 37 | 0 | 5 | 5 | 57 | — | — | — | — | — | ||
2007—2008 | U. of Minnesota-Duluth | WCHA | 36 | 1 | 5 | 6 | 30 | — | — | — | — | — | ||
2008—2009 | Elmira Jackals | ECHL | 56 | 2 | 14 | 16 | 40 | 11 | 0 | 2 | 2 | 8 | ||
2009—2010 | Elmira Jackals | ECHL | 16 | 2 | 4 | 6 | 2 | 5 | 0 | 0 | 0 | 6 | ||
2009—2010 | Lake Erie Monsters | AHL | 51 | 2 | 10 | 12 | 35 | — | — | — | — | — | ||
2010—2011 | Lake Erie Monsters | AHL | 69 | 4 | 14 | 18 | 46 | — | — | — | — | — | ||
2011—2012 | Ontario Reign | ECHL | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | — | — | ||
2011—2012 | HC Karlovy Vary | CZE | 33 | 4 | 8 | 12 | 20 | — | — | — | — | — | ||
2012—2013 | HC Sparta Praha | CZE | 19 | 0 | 3 | 3 | 12 | — | — | — | — | — | ||
2012—2013 | HC Pardubice | CZE | 27 | 1 | 2 | 3 | 8 | 5 | 0 | 0 | 0 | 4 | ||
2013—2014 | Székesfehérvár | EBEL | 18 | 0 | 0 | 0 | 6 | — | — | — | — | — | ||
2013—2014 | Bakersfield Condors | ECHL | 13 | 1 | 1 | 2 | 4 | — | — | — | — | — | ||
AHL jami | 120 | 6 | 24 | 30 | 81 | — | — | — | — | — |
Manbalar
tahrir- ↑ „Amerks training camp roster here“. letsgoamerks.com (2009-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2010-yil 23-may.
- ↑ „Karlovy Vary announce signings“ (Czech). HC Karlovy Vary (2011-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 22-yanvar.
- ↑ „Praha sign defender Gawryletz from Karlovy“ (Czech). HC Sparta Praha (2012-yil 2-may). Qaraldi: 2012-yil 2-may.
- ↑ „Defenseman Gawryletz end in Sparta“ (Czech). HC Sparta Praha (2012-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2012-yil 28-noyabr.
- ↑ „Alba welcome Travis Gawryletz“ (Hungarian). Alba Volán Székesfehérvár (2013-yil 15-iyul). 2014-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-iyul.
- ↑ „NHL Officials Promoted“. NHL Officials Association (2018-yil 18-sentyabr). 2019-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-yanvar.
- ↑ „Travis Gawryletz - First NHL Game“. NHL Officials Association (2017-yil 8-noyabr). 2020-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-noyabr.