Traxeidlar
Traxeidlar (traxeya va yun. eidos — tur), naysimon hujayralar — oʻsimliklarning yogʻochlangan ulik hujayralari; suv va unda erigan moddalarning oʻsimlik boʻylab harakatlanishiga xizmat qiladi. Barcha yuksak oʻsimliklarning ksilemasida uchraydi, faqat baʼzi yopiqurugʻlilarda bu funksiyani tomir yoki traxeyalar bajaradi. T.dan yogʻoch tolalar rivojlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |