Traxeyalilar
Traxeyalilar, traxeya bilan nafas oluvchilar, chala moʻylovlilar (Tracheata, Atelocerata) — quruqlikda yoki ikkilamchi suvda yashovchi boʻgʻimoyoqlilar kenja tipi. Birlamchi quruqlikda yashashga oʻtgan halqali chuvalchanglarga oʻxshash ajdodlardan kelib chiqqan. Quruqlikda yashashga oʻtgan T. da evolyutsiya natijasida bosh boʻlimi ajralib chiqqan; tana boʻgʻimlari va oyoklari ixtisoslashgan; ular soni doimiy boʻlib qolgan. T. boshi tanadan aniq ajralib turadi; moʻylovlari bir juft (antennulalar gomologi); 2juft antennasi boʻlmaydi. Traxeya, baʼzan teri yoki traxeyajabralar (tana devori oʻsimtalari orqali) nafas oladi. T. kenja tipi koʻp oyoklilar va hasharotlar sinflariga ajratiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |