Treskasimonlar
Treskasimonlar (Gaditae) -baliklar oilasi. 21 urugʻga birlashgan 53 turi bor. Atlantika okeanining iliq qismidagi dengizlarda koʻp. Tinch okean shim.da, Arktika dengizlarida, Janubiy yarim sharning moʻʼtadil zonasidagi suvlarda kamroq, bir turi Yevropa, Shimoliy Osiyo va Shimoliy Amerika ning chuchuk suvlarida tarqalgan. Yirik T. (treska, merluza, sayda) yirtqich. Asosan, baliklar, mayda T. (sayka) plankton qisqichbaqasimonlar, baʼzilar (piksha) suv tubidagi umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Koʻpchilik T. toʻdatoʻda boʻlib oziq izlab yoki koʻpayish joylariga koʻchib yuradi; yilning sovuq davrida koʻpayadi. T. muhim xoʻjalik ahamiyatiga ega. Goʻshti yogʻsiz, jigarida toʻplangan moydan vitaminga boy baliq moyi tayyorlanadi. T. dunyo miqyosida ovlanadigan baliqlarning 15% ini tashkil etadi. Keng tarqalgan turi treskaning uz. 180 sm gacha, ogʻirligi 40 kg cha. Bir nechta kenja turi bor, shundan atlantika T.i Shimoliy Norvegiya, Grenlandiya, Barens dengizlari va boshqalarda, boltik T.i Boltik,dengizida, oq dengiz T.i Oq dengizda, tinch okean T.i Tinch okeanning Osiyo va Shimoliy Amerika qirgʻoqlarida uchraydi. T., odatda, 300 m cha chuqurlikda yashaydi. Ovlanadi. Muhim xujalik ahamiyatiga ega.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |