Triko (frans, tricoter toʻqimoq) — 1) jun, yarim jun, paxta tolalari va kimyoviy tolalar aralashmasidan kalin qilib toʻqiladigan kostyumbop gazlama. Yoʻlyoʻl, katak va mayda gul hosil qilib (sarja oʻrilishda) toʻqiladi. T., asosan, erkaklar kostyumlari va yengil paltolar tikish uchun ishlatiladi; 2) trikotaj oʻrilishning asosiy bir turi; 3) trikotajdan tikilgan, badanga yaxshi yopishib turadigan sportchilar kiyimi.