Trio
Trio (lot. tria — uch) — 1) uch sozanda yoki xonandadan tashkil topgan ansambl (mas., skripka, violonchel va fortepianodan iborat ansambl yoki "Setora" guruhi); 2) shu ansamblga moʻljallangan musiqa asari, kamer musiqa janri. Dastlab triosonata shaklida (17—18-asrlar, A. Vivaldi, A. Korelli va boshqalar), keyinchalik sonata turkumi tarzida (L. Betxoven, F. Shubert, I. Brams, P. Chaykovskiy, D. Shostakovich va boshqalar) rivoj topdi. Oʻzbekistonda M. Burhonov, Ik. Akbarov, G. Mushel, I. Hamroyev, U. Musayev, V. Saparov, A. Ergashev va boshqa turli T.lar yozishgan; 3) baʼzi cholgʻu asarlari (marsh, skerso va boshqalar)ning oʻrta qismi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |