Tripanosomalar
Tripanosomalar (Tripanosoma) — kinetoblastidlar turkumiga mansub parazit xivchinlilar urugʻi. Uzunligi 15—40 mkm. Gavdasi duksimon, yadrosi bitta. Xivchini tanasining keyingi qismida joylashgan bazal tanachadan boshlanib, tanasi boʻylab oʻtgan va yupqa membrana yordamida pellikula qobiq bilan tutashgan. 10 dan ortiq turi bor. Boʻyiga boʻlinish orqali jinssiz koʻpayadi. Umurtqali hayvonlarning qoni, orqa miya suyukligi va boshqa toʻqimalarida parazitlik qiladi. Osmotik oziqlanadi. Ayrim turlari qonga eritrotsitlarni yemiruvchi toksinlar ajratadi. T. hasharotlar (setse pashshasi, soʻnalar), kanalar va boshqa tashuvchilar orqali yuqadi. Odamda ogʻir uyqu va chagas, uy hayvonlarida "suv ogʻriq" (ot, tuya, fil, kuchuk) va nagana (qoramollar), kuyiqish (ot) kasalliklarini tarqatadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |