Tripolitaniya —Liviyadagi tarixiy viloyat. Mil. av. 1ming yillikning 1yarmida T.ning sohil boʻyi qismida finikiyaliklarning 3 ta koloniyasi — Sabrata, LeptisMagna va Ea [shundan yun. Tripolus (aynan — 3 shahar) nomi olingan] barpo etilgan. Mil. av. 5-asr oʻrtasi — 3-asr oxirida Karfagenga, 218— 201 yillarda Numidiya, mil. av. 2-asr oxiri — mil. 5-asrda Rimga, soʻngra — vandallar, keyinchalik Vizantiyaga tobe boʻlgan. 7-asrdan arablar hukmronligi ostida. 16-asr — 1911-yillarda Usmonli turk imperiyasi, soʻngra 1943-yilgacha — Italiyaning Liviya mustamlakasi tarkibida. 1951—63 yillarda Liviya kirolligining 3 viloyatidan biri.