Triptan
Triptan - 2,2, 3trimetilbutan, pentametiletan, (SN3), SSN(SN3)2 — toʻyingan uglevodorod. Mol. m. 100,2. Rangsiz suyuklik, kamfora hidi keladi. Qaynash temperaturasi 80,9°. Zichligi 690 kg/sm3 (20°da). T. baʼzi neftlarda, shuningdek, neftni qayta ishlashda benzin fraksiyasida uchraydi. Propilenga izobutan taʼsir ettirib olinadi. Oktan soni barcha uglevodorodlarnikidan yuqoriligi (130) tufayli benzinning navini oshirishda ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |