Tripura (bengalcha: ত্রিপুরা, inglizcha: Tripura) — Hindistonning shimoli-sharqiy qismidagi shtat. Maydoni 10,5 ming km². Aholisi 3,2 mln. kishi (2001), aksari kismi bengallar. Maʼmuriy markazi va eng katta shahri — Agartala. Tripura Gang Braxmaputra deltasi havzasida joylashgan. Sharqiy va janubiy qismida Lushay togʻlari tarmoqlari bor. Iqlimi tropik, mussonli iqlim. Togʻlar doim yashil va barg toʻkuvchi tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Aholisi, asosan, dehqonchilik bilan shugʻullanadi. Sholi, jun, paxta, shakarqamish ekiladi. Choy plantatsiyalari bor. Qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi mayda korxonalar mavjud.

Tripura
bengalcha: ত্রিপুরা
inglizcha: Tripura
Shtat
Maʼmuriy markazi Agartala
Yirik shahari Agartala
Gubernator Dnyandeo Yashvantrao Patil
Bosh vazir Manik Sarkar
Rasmiy tillar bengal tili, kokborok tili
Aholi (2011) 3 671 032
Zichligi 349,89 kishi./km²
Maydoni 10 492 km² (26-oʻrin)
Qisqacha IN-TR
Kod ISO 3166-2 IN-TR
Rasmiy sayti http://tripura.nic.in/
Xaritada
Tripura xaritada
23.84°0′0″N 91.28°0′0″E / 23.84000°N 91.28000°E / 23.84000; 91.28000