Trishneet Arora
Trishneet Arora (1993-yil 2-noyabrda tugʻilgan) TAC Security kiberxavfsizlik kompaniyasi asoschisi va bosh ijrochi direktori[1][2]. U 2018-yilda Forbesda eʼlon qilingan 30 yoshgacha boʻlgan Osiyolik ishbilarmonlar roʻyxatiga kiritilgan. Shuningdej Fortune India 40da 2019-yilgi Hindistonning eng kuchli ishbilarmonlari roʻyxatiga kiritilgan.
Faoliyati
tahrirArora korporatsiyalarni tarmoq zaifliklari va maʼlumotlar oʻgʻirlanishidan himoya qiluvchi TAC Security kiberxavfsizlik kompaniyasiga asos soldi. Ushbu kompaniya tezda shuhrat qozongan. Uning mijozlaridan baʼzilari: Reliance Industries, Markaziy Tergov Byurosi, Panjob politsiyasi (Hindiston) va Gujarat politsiyasi hisoblanadi[3][4][5][6]. U Panjob va Gujarat politsiyasiga kiber jinoyatlarni tergov qilishda yordam beradi, buning uchun rasmiylar bilan treninglar oʻtkazdi[7][8][9][10][11][12][13].
Arora kompaniyasi asosan zaiflikni baholash va penetratsion test xizmatlarini taqdim etadi. Arora maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda kompaniyalar portallariga hujumlar soni ortgan[14][15][16].
Mukofotlar va eʼtirof
tahrirTrishneet Arora 2022-yilda Global Leader of Tomorrow mukofotini qoʻlga kiritgan. Bir necha marotaba davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Xakerlik va veb xavfsizligi boʻyicha bir nechta kitoblar muallifi hisoblanadi. 2015-yilda PCHB tomonidan Panjabi Icon mukofotiga sazovor boʻlgan. Panjob bosh vaziri Parkash Singx Badal Respublikaning 65 yilligi munosabati bilan Aroraga „Davlat mukofoti“ni topshirgan.
Yil | Mukofot | Taqdirlash tashkiloti |
---|---|---|
2022 | Global Leader of Tomorrow[17] | Sankt-Gallen simpoziumi |
2021 | Fortune India 40[18] | Fortune India |
2020 | Xizmat koʻrsatish sohasida yil tadbirkori[19] | Tadbirkor Hindiston |
2020 | Top 100 Great People Managers[20] | Forbes India va GMI |
2019 | Fortune India 40 | Fortune India |
2018 | Ertangi liderlar[21][22] | Sankt-Gallen simpoziumi |
2018 | Forbes Asia 30 | Forbes Osiyo |
2017 | 50 ta eng nufuzli yosh hindlar[23][24] | GQ jurnali |
2015 | Panjabi Icon mukofoti[25][26] | PCHB |
2014 | Panjob bosh vaziri Parkash Singx Badal 65-Respublika kuni munosabati bilan Aroraga „Davlat mukofoti“ topshirdi (Panjob hukumati, Hindiston)[27] | Panjob hukumati, Hindiston |
Biografik film
tahrirKinorejissyor Sunil Bohra Arora haqidagi biografik film ustida ishlamoqda. Hansal Mehta filmga rejissyorlik qiladi va hozirda ssenariy ustida ishlamoqda[28][29].
Shaxsiy hayoti
tahrirTrishneet faol investor sifatida startaplarga sarmoya kiritadi. Yosh ishbilarmonlarga yordam beradi va oʻz safiga qoʻshadi. 2020-yilda Oneiric onlayn oʻyin kompaniyasiga sarmoya kiritdi[30].
Manbalar
tahrir- ↑ „School Dropout Becomes Much Sought After Cyber Security Expert“ (en). Forbes India. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ „Amazing story! He failed 8th standard, now owns cyber security firm; 23-yr-old millionaire ethical hacker has clients like Reliance“ (en-US). The Financial Express (2017-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ „A youngster with passion for computers“. Chandigarh Tribune (2012-yil 15-sentyabr).
- ↑ „Cops attend training session on cyber crime by 19-year-old - Indian Express“. archive.indianexpress.com. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ „The Cyber Gladiator“. The New Indian Express. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ „Meet the man who masters ethical hacking“ (en). Deccan Herald (2015-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ Bureau. „Money Is Like Mobile Battery Use It Only When Necessary Trishneet Arora Founder CEO TAC Security“ (en). BW Disrupt. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ Chawla. „Indian Ethical Hacker Trishneet Arora Develops AI-Powered Solutions To Fight Cyber Attacks“ (en-US). Analytics India Magazine (2020-yil 2-avgust). Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ „TAC Security upbeat about growth prospects in cyber security space“ (en). @businessline. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ Br. „This 26-year-old is saving India from cyberattacks!“ (en-in). Mashable India (2020-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ „2020 was difficult for all: OYO founder, Avana CEO learnt perseverance, resilience and trusting people“. The Economic Times. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ Ghosh. „70% companies subjected to cyber threat: Trishneet Arora, CEO, TAC Security - BFSI“ (en-GB). Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ Rebello, Maleeva. „TAC Security founder says golf taught him patience, calls his weekly game a 'mini-vacation'“. The Economic Times. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ „Mumbai Teen Dropped Out Of School. At 23, He's A Cyber Security Expert“. NDTV.com. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ Abraham, Rohan. „TAC Security founder draws inspiration from his first luxury car, now has Lamborghini Aventador on his wishlist“. The Economic Times. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ Service. „From a school dropout to successful entrepreneur“ (en). Tribuneindia News Service. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ „Trishneet Arora Listed in Leaders of Tomorrow by St. Gallen Symposium Switzerland Among 200 Global Leaders“ (en). The Week. Qaraldi: 2022-yil 20-iyul.
- ↑ „Trishneet Arora - India’s Young & Brightest Entrepreneurs in 40 Under 40 2021 - Fortune India“ (en). www.fortuneindia.com. Qaraldi: 2022-yil 20-iyul.
- ↑ „Virtual Awards - 10th Annual awards for Entrepreneurship & Startups“. www.entrepreneurindia.com. Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
- ↑ „India's 100 Great People Managers 2020“ (en). Forbes India. Qaraldi: 2020-yil 23-noyabr.
- ↑ „LEADERS OF TOMORROW“. 2018-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „दुनियाभर के 200 चुनिंदा लोगों की सूची में शामिल त्रिशनीत“ (hi). aajtak.intoday.in. Qaraldi: 2018-yil 11-may.
- ↑ www.ETtech.com. „Trishneet Arora in GQ's The 50 Most Influential Young Indians list - ETtech“ (en). ETtech.com. 2017-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-fevral.
- ↑ „GQ's Most Influential Young Indians 2017: Mavericks“ (en-IN). GQ India. Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.
- ↑ „Eminent Punjabis awarded on Baisakhi“. Mumbai Tribune (2013-yil 13-aprel). 2018-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-dekabr.
- ↑ „PUNJABI ICON AWARDS“. Bollywood Dhamaka (2013-yil 13-aprel). 2015-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-dekabr.
- ↑ „6 from Ludhiana district to be honoured on R-Day“. Chandigarh Tribune (2013-yil 23-yanvar).
- ↑ Dec 7. „Biopic on ethical hacker Trishneet Arora in the works“. Mumbai Mirror. Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
- ↑ Correspondent. „Producer Sunil Bohra announces biopic on ethical hacker Trishneet Arora“. Cinestaan. Qaraldi: 2021-yil 11-aprel.
- ↑ „Oneiric Gaming Raised Angel Funding from Trishneet Arora to Boost e-gaming Community in India“ (en). ANI News. Qaraldi: 2022-yil 18-noyabr.