Triyest — Italiyaning shim. kismidagi shahar. FriuliVenetsiyaJuliya viloyati va Triyest provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 209,5 ming kishi (2001). Triyest koʻltigʻi sohilidagi port. Albaniyaning Durres shahriga parom katnaydi. Kemasozlik, kema dvigatellari ishlab chiqarish., neftni qayta ishlash, kimyo, sement, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Ingoloʻitadt (GFR) shahriga neft quvuri oʻtkazilgan. Universitet va muzeylari bor. T. — kad. shahar. 20-asr boshlarigacha turli davlat va knyazliklar tarkibidagi muhim sanoat markazi boʻlgan. 1947—54 yillarda inglizamerika harbiylari nazorati ostidagi "Erkin hudud" qilib ajratildi. 1954-yilgi Italiya bilan Yugoslaviya bitimiga koʻra, T. va uning gʻarbidagi yerlar Italiya ga, sharkidagi hudud Yugoslaviya (hozirgi Sloveniya)ga oʻtdi. Meʼmoriy yodgorliklardan Rim davriga oid binolar, SanJusto va Buyuk Mixail cherkovlari, Venetsiya qalʼasi (14-asr) va boshqa saqlangan.