Troilit (italiyalik olim D. Troili nomidan) — sulfidlar guruhiga mansub mineral, FeS. Geksagonal singoniyada kristallanadi. Kristallik strukturasi geksagonal pirrotinning strukturasiga yaqin. Metallsimon yaltiraydigan bronzasariq rangli yumaloq ajratmalar hosil qiladi. Yopiq kristalli afegatlarining rangi qora. Qattikligi 4, zichligi 4,6—4,8 g/sm3. Meteoritlarning asosiy minerali, Yerda kam boʻlib, tugʻma temir, mis rudalari va oʻta asosli togʻ jinslari bilan bogʻlangan xromitlarda aralashma holida uchraydi.