Troll
Troll nordik mifologiya va skandinav folkloridagi gʻayritabiiy maxluqdir. Qadimgi skandinav asotirlarida trollar uzoq togʻ-toshlarda kichik guruh boʻlib yashashlari, odamlarga kamdan-kam yordam berishlari hikoya qilinadi. Nisbatan yangiroq manbalarda trollar xavfli mavjudot, deb koʻrsatiladi. Trollar tashqi koʻrinishi borasida tayinli fikr yoʻq, turli manbalar ularni turlicha: goh qoʻrqinchli, gohida odamdan deyarli farq qilmas qilib tasvirlanadi.

Internet madaniyatida „troll“ nomi bilan boshqa foydalanuvchilar jigʻiga teguvchi va oʻz mutoyibasi uchun turli axloqbuzarlik qiluvchi shaxslar tushuniladi.
Etimologiyasi
tahrirQadimgi skandinavcha troll va trǫll nomlari („yovuz ruh, jin, boʻri-odam, jotun“ maʼnolarida ishlatilgan) hamda nemis tilidagi troll, trolle („yovuz ruh“) soʻzlari, tilshunos Vladimir Orelning fikricha, ehtimol, qadimgi skandinav tilidan olingan boʻlishi mumkin. Bu soʻzlar Proto-german tilidagi trullan soʻzidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin, u „bosmoq, oyoq bosmoq“ maʼnosini anglatadi. Biroq, trullan soʻzining aniq kelib chiqishi haqida maʼlumotlar mavjud emas[1].
Bundan tashqari, qadimgi skandinav tilidagi trylla feʼli („afsunlamoq, trolga aylantirmoq“) va nemis tilidagi trüllen feʼli („qimirlamoq, tebranmoq“) Proto-german tilidagi trulljanan feʼli asosida shakllangan boʻlib, trullan soʻzining hosilasidir[1].
Qadimgi Skandinav mifologiyasida
tahrirQadimgi skandinav mifologiyasida troll soʻzi thurs kabi jötnar (jotunlar) uchun ishlatilgan atamalardan biri boʻlgan va qadimgi skandinav adabiyoti matnlarida koʻp uchraydi. Qadimgi skandinav manbalarida trollar odatda kimsasiz togʻlar, qoyalar va gʻorlarda yashashi aytiladi. Baʼzan ular birgalikda yashashadi (odatda ota-qiz yoki ona-oʻgʻil sifatida), lekin kamdan-kam hollarda doʻstona kayfiyatdagi yoki yordam berishga tayyor mavjudot sifatida tasvirlangan[2].
Proza Edda asarining Skáldskaparmál boʻlimida IX asr shoir (skald) Bragi Boddason va nomaʼlum troll ayol oʻrtasidagi uchrashuv haqida hikoya qilinadi. Ushbu hikoyaga koʻra, Bragi bir kuni kechqurun „maʼlum bir oʻrmon“ ichidan oʻtib ketayotganida, troll ayol unga tajovuzkor ohangda murojaat qilib, kimligini soʻraydi va shu jarayonda oʻzini kimligini ham tasvirlab beradi. Bragi esa oʻz navbatida trol ayolga javob qaytarib, oʻzini mahoratli skald (shoir) sifatida tasvirlaydi va oʻz qobiliyatlarini bayon etadi. Shundan soʻng, ushbu voqea yakunlanadi[3].
Filmlar
tahrir- Trollar haqida 2017-yilda ishlangan Trollar animatsion filmida trollar hayoti haqida hikoya qilinadi.
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Ármann Jakobsson (2006). "The Good, the Bad and the Ugly: Bárðar saga and Its Giants" in The Fantastic in Old Norse/Icelandic Literature, pp. 54–62. Available online at dur.ac.uk (archived version from March 4, 2007)
- Ármann Jakobsson (2008). "The Trollish Acts of Þorgrímr the Witch: The Meanings of Troll and Ergi in Medieval Iceland" in Saga-Book 32 (2008), 39–68.
- Kvideland, Reimund. Sehmsdorf, Henning K. (editors) (2010). Scandinavian Folk Belief and Legend. University of Minnesota Press. ISBN 978-0-8166-1967-2
- Lindow, John (1978). Swedish Folktales and Legends. University of California Press. ISBN 0-520-03520-8
- Lindow, John (2007). "Narrative Worlds, Human Environments, and Poets: The Case of Bragi" as published in Andrén, Anders. Jennbert, Kristina. Raudvere, Catharina. Old Norse Religion in Long-Term Perspectives. Nordic Academic Press. ISBN 978-91-89116-81-8 (google book)
- MacCulloch, John Arnott (1930). Eddic Mythology, The Mythology of All Races In Thirteen volumes, Vol. II. Cooper Square Publishers.
- Narváez, Peter (1997). The Good People: New Fairylore Essays (The pages referenced are from a paper by Alan Bruford entitled "Trolls, Hillfolk, Finns, and Picts: The Identity of the Good Neighbors in Orkney and Shetland"). University Press of Kentucky. ISBN 978-0-8131-0939-8
- Orchard, Andy (1997). Dictionary of Norse Myth and Legend. Cassell. ISBN 0-304-34520-2
- Orel, Vladimir (2003). A Handbook of Germanic Etymology. Brill. ISBN 9004128751
- Simek, Rudolf (2007) translated by Angela Hall. Dictionary of Northern Mythology. D.S. Brewer ISBN 0-85991-513-1
- Thorpe, Benjamin (1851). Northern Mythology, Compromising the Principal Traditions and Superstitions of Scandinavia, North Germany, and the Netherlands: Compiled from Original and Other Sources. In three Volumes. Scandinavian Popular Traditions and Superstitions, Volume 2. Lumley.
Havolalar
tahrirVikiomborda Trollar haqida turkum mavjud |
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |