Tropik oʻsimliklar
Tropik oʻsimliklar - Yer sharining tropik mintaqalarida oʻsadigan oʻsimliklar. Tropik mintaqada qoʻngʻirboshlar, dukkakdoshlar, zigʻirdoshlar, sutlamadoshlar, soyabondoshlar, labguldoshlar, shoʻragullilar va boshqa botanik oilalarga mansub oʻsimliklar mavjud. Qishloq xoʻjaligida ekiladigan oʻsimliklar: don ekinlari — bugʻdoy, arpa, sholi, makkajoʻxori, sharik, joʻxori; dukkakli don ekinlari — loviya, soya, dolixos, kaptar loviyasi, kanavaliya; moyli ekinlar — maxsar, zigʻir, yeryongʻoq, kunjut; efirmoyli — kashnich, arpabodiyon, qora zira, oq zira, ajgon — hind qora zirasi, yalpiz, rayxon, mavrak, lavanda; moyli ekinlar — atirgul, yorongul, yirikgulli yasmin; tuganakmevali ekinlar — kartoshka, batat, maniok, yams, taro; texnika ekinlari — shakarqamish, gʻoʻza, tolali nasha, jut, kanop, sizal, tamaki, piretrum; daraxt va butasimonlar — choy, kofe, palma; kauchukli ekinlar — geveya; sitrus mevalilar; yemxashak oʻtlar.
Tropik oʻsimliklarning ayrim biologik xususiyatlari, jumladan, issiqsevarligi, namsevarligi, qisqa kunli va aksariyat holda nordon tuproqlarda oʻsishi oʻzaro oʻxshash.
Xolima Otaboyeva.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |