Truba — diametri uzunligiga nisbatan ancha kichik boʻlgan ichi boʻsh buyum; bino, inshoot va mashinalarning naysimon shaklli kismi. Asosan, suyuklik, bugʻ, gaz, ayrim hollarda sochiluvchan qattiq jismlarni bir joydan ikkinchi joyga eltish uchun ishlatiladi. T. mashinasozlik, asbobsozlik, qurilish, kon sanoati, gidrotexnika inshootlarida keng kullanadi. T. kora va rangli metall, beton va temirbeton, sopol, asbotsement, yogʻoch, plastmassa, shisha, chinni (farfor) va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Poʻlat va choʻyan T.lar keng tarqalgan. Choʻyan T. quyish yoʻli bilan, poʻlat T. esa prokatlab yoki payvandlab tayyorlanadi. T.larning kesimi aylana, toʻrtburchak, oval va boshqa shakllarda boʻladi. Aylana (doyra) kesimli T.lar koʻproq ishlatiladi. T.lar choksiz va chokli kilib ishlab chiqarilishi mumkin. T. diametri: d — poʻlat T.lar (tashqi diametri) — kichik (114 mm gacha), oʻrta (114–480 mm) va katta (480–2500 mm va bundan katta); b— choʻyan Tlar (ichki diametri) — 65 – 1000 mm va bundan katta.

Vodoprovod T.si poʻlat, choʻyan, temirbeton, asbotsement va plastmassadan turli diametrlarda ishlab chikariladi. Kdysi materialdan tayyorlangan T.ni tanlash vodoprovodning kanday sharoitda ishlashiga, ichki bosimga, tashki yuklar va boshqa omillarga bogʻliq. Poʻlat va choʻyan T.dan shoxobchalar ajralib chiqishi yoki yoʻnalishini oʻzgartirish uchun troyniklar (uch tarmoqlar), krestlar (xochlar), otvod va shakldor qismlardan foydalaniladi. Metall T. zanglamasligi uchun sirtiga kora moy (gudron) surkaladi.

Bugʻ, gaz va xavo oʻtkazuvchi T., asosan, poʻlatdan tayyorlanadi. Kanalizatsiya T.si choʻyan, sopol, asbotsement, beton, temirbeton, gʻisht va yogʻochdan ishlanadi. Tutun T.si (murilar) gʻisht, temirbeton va metalldan ishlanadi. Plastmassa T.lar, asosan, suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya tizimlarida qoʻllanadi. Asbotsement va temirbeton T.lar sugʻorish va quritish tizimlarida ham ishlatiladi. Shisha va chinni T. (nay)lar kimyo, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoatlarida qoʻllanadi. Kumir, metallurgiya va energetika sanoatlari tarmoqlarida toshdan quyib tayyorlanadigan T.lar ishlatiladi. Burgʻilash ishlarida poʻlat T.lar qoʻllanadi.