Truba prokatlash agregati - metall quymalar yoki dumaloq zagotovka (chala mahsulot)lardan choksiz metall trubalar olish (prokatlash — bosim ostida vallar orasidan oʻtkazish) uchun moʻljallangan mashinalar tizimi (prokatlash stani). Bir-biriga bogʻlangan bir nechta mustaqil mashinalarni uz ichiga oladi. Ularda chala mahsulot (quyma yoki zagotovka) ni ombordan tashib kelish, trubalar tayyorlash, ularning sifatini tekshirish va tayyor trubalarni isteʼmolchilarga junatish ishlari bajariladi. Truba prokatlash agregatia.da bajariladigan asosiy operatsiyalar: metall quyma yoki zagotovkani pechda qizdirish, maxsus standa bosim bilan buylama teshiklar ochish (gilza hosil qilish), gilza (kalta turba) ni uzaytirish va devorini yupqalashtirish uchun uzaytirish stanidan utkazish, kalibrlash (vallar orasidan utkazib, zarur diametrga keltirish), trubani toʻgʻrilash, uchlarini tekislab qirqish va tayyor mahsulot sifatini tekshirish. Bu operatsiyalar bajariladigan barcha mashinalar (stanlar) i. ch.ni toʻliq avtomatlashtirishga imkon beradigan mexanizmlar bilan oʻzaro bogʻlangan.

Truba prokatlash agregatia. ning oʻlchami olinishi lozim boʻlgan trubalarning eng katta diametriga, tipi esa uzaytirish stanining tuzilishiga qarab belgilanadi. Ana shu alomatlariga koʻra, Truba prokatlash agregatia., asosan 4 tipga: uzluksiz, kalta opravkali, uch valli va pilgerli uzaytiruvchi stanli agregatlarga boʻlinadi. Uzluksiz agregatda diametri 110 mm gacha boʻlgan trubalar, kalta opravkali agregatda 60– 450 mm va bundan yoʻgʻon trubalar, uch valli agregatda 30–220 mm li trubalar, pilgerli agregatda 400–700 mm li trubalar olinadi. Uzluksiz uzaytiruvchi stanli Truba prokatlash agregatia. eng keng tarkalgan.