Truskavets — Ukrainaning Lvov viloyatidagi shahar (1948-yildan). Mashhur balneologik kurort. Lvovdan 100 km jan.gʻarbda, Drogobichdan janubrokda. Karpat toglari etagida, 400 m balandlikda. Vorotishche togʻ daryosining vodiysida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Lvov — Ujgorod temir yoʻl tarmogʻining oxirgi punkti. Aholisi 33,6 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari).

T.dagi dastlabki balneologik shifoxona 1827-yilda sulfidli mineral suv bulogʻi oʻrnida ochilgan. Kurortda buyrak, siydik yoʻli, oshqozon, jigar va oʻt yoʻllari, yuraktomir kasalliklari va boshqa davolanadi. T. hududida 10 dan ziyod sanatoriy faoliyat koʻrsatadi. Mineral suvlardan, ayniqsa, "Naftusya" mineral suvi mashhur. Turizm rivojlangan.